Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari fondlar mablag'lari oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
- davlat moliyasining barqarorligini ta'minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko'rish;
- mamlakat byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko'rish;
- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga moliyaviy resurslarni to'plash;
- DavIat byudjeti vajamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobot tayyorlash;
- davlat tomonidan qarzIarni olish dasturini ishlab chiqish, davlatning ichki va tashqi qarzIarini boshqarish;
Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - uzoq, o'rta va qisqa muddatli istiqbolga mo'ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ish lab chiqishda ishtirok etish;
- iqtisodiyotni moliyaviy sog'lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo'llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
- moliyaviy rejalashtirish va milliy xo'jalikni moliyalashtirish sohalarida uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to'lovlarning ahvolini yaxshilash bo'yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
- moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to'xtatib qo'yish;
G'aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi: - mamlakat byudjeti ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
- kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob varaqlarida bo'lgan byudjet daromadlari va xarajatiarini boshqarish;
- davlatning byudjetdan tashqari fondlari moliyaviy ijrosini ta'minlash;
- davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish;
- Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga xizmat ko'rsatish;
- byudjet bo'yicha hukumatning moliyaviy tadbirlari to'g'risida shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to'g'risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobot taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |