Iqtisodiy tahlil va audit


 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi


Download 398.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.04.2023
Hajmi398.53 Kb.
#1393821
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-115 Anvarov Diyorbek

3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi 
4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik 
xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970-«Hisobdor shaxslarga 
to’lanadigan qarzlar» schyotlarida nakd pulsiz hisob-kitoblar yo’li bilan amalga 
oshirib bo’lmaydigan xarajatlarni to’lashga bo’nak (avans) berish bo’yicha 
hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Bular ma’muriy 
xo’jalik, muomala xarajatlari va xizmat safarlari uchun beriladigan 
bo’naklardir.


Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur ob’ekt bo’yicha ichki 
nazorat va hisob tizimining holatini o’rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat 
tizimini baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari ( nazorat barcha test 
qilinadigan yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilganligi, muomalalar 
haqqoniyligi, tegishli tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), 
shuningdek, kuchsiz tomonlari ( hisobdor shaxslar ro’yxati, hisobdor summalar 
beriladigan muddatlar va boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor 
shaxslar bilan hisob-kitoblarni batafsil tekshirishda e’tiborga olinadi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari:
• xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash;
• hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va 
maqsadga muvofiqligini aniqlash;
• xo’jalik xarajatlarining asosliligini aniqlash;
• xizmat safari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona ma’muriyati 
farmoyishlarining qonuniyligini aniqlash;
• bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning 
sarflanganini isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mehmonxona va aloqa 
tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari, 
har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan taqdirda-shartnomalar) 
rasmiylashtirilishini tekshirish;
• kassa hujjatlarining ( kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va 
ularni qayd qilish daftarlari) tekshirish;
• hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha analitik va sintetik hisob 
registrlarining ma’lumotlari (7-ASK jurnal -order) ni tekshirish;
• hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi 
holati bilan tanishishi, hujjatlarning to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishi, 
xizmat safarlari va xo’jalik xarajatlari yuzasidan korxona rahbarining farmoyishi 
bor-yo’qligi, xodimni bu safarga yuborish va xo’jalik xarajatlarining asosliligini 
aniqlash lozim.


Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi qonunlar va yuqori 
tashkilotlarning me’yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning 
nusxalari korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch hosil qilishi, 
shuningdek ushbu me’yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi 
kerak. Buning natijasida quyidagilar aniqlanishi mumkin:
• ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo’lgan yoki bu pullar yuzasidan 
hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda 
ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi; navbatdagi bir yo’la mehnat 
ta’tiliga chiqarish va xizmat safariga yuborish hollari; xizmat safari vaqtida 
mehnat qobiliyatini yo’qotib, kasalxonada davolanishda bo’lgan xodimlarga turar 
joy va kundalik xarajatlari to’lash tartibiga rioya qilinishini, bu muddatning 2 
oydan oshmaganligini aniqlash kerak.
Hisobdor shaxslarga bo’naklar berilishining asosliligini aniqlash xo’jalik 
ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni 
tekshirishdan iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo’nak olgan 
shaxslar, hamda berilgan bo’naklar summasi va muddatining korxona rahbari 
buyrug’iga muvofiqligini aniqlaydi.
Xizmat safari bilan bog’liq xarajatlar uchun naqd pul berish O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01. 02. 1998 yil 34 F sonli Farmoyishiga 
asosan, 19. 04. 1998 yilda chiqqan O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining 28 sonli, yangi № 497I 101 sonli ‘‘MDH hududida xizmat 
safarlari to’g’risida’’ gi yuriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 
Bo’nak berish uchun xizmat safari to’g’risidagi buyruq va xizmat safari 
guvohnomasi asos bo’ladi. Xizmat safari uchun hisobdor summa berilganligini 
tasdiqlaydigan kassa chiqim orderlarini tekshirish chog’ida barcha 
rekvizitlarining to’liq to’ldirilganligiga, xususan, bo’nak berish uchun asosning 
aks ettirilganligiga e’tibor beriladi. Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi 
olingan bo’nak bo’yicha to’liq hisobot berilganidagina, unga bo’nak beriladi.
Hisobi beriladigan bo’nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa 
muomalalarini tekshirish chog’ida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda 


aniqlangan tafovutlar to’g’risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini 
tekshirayotgan auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim 
qilinishini tekshirish, bo’nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan 
muddatlarni, xizmat safari to’g’risidagi buyruqda yoki xizmat safari 
guvohnomasida ko’rsatilgan muddatlarga solishtirish yo’li bilan amalga 
oshiriladi.
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda 
so’ngra №21 BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda 
qaytarilmagan hisobdor summalarning 9430- «Boshqa operatsion xarajatlar» 
schyotida aks ettirilishi (Dt 9430 Kt4220, 4230) va keyinchalik ushbu 
summalarning hisobdan o’chirilishini tekshirish zarur.
Hisobi beriladigan summalar ishlatilishining asosliligini hujjatlar bo’yicha 
tekshirish ularning sarflanishini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini va 
to’g’riligini, ularning keyinchalik aks ettirilishini aniqlash yo’li bilan amalga 
oshiriladi.
Xo’jalik muomala ehtiyojlari uchun qilingan sarflarning qonuniyligi va 
maqsadga muvofiqligi bo’nak hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlarni unga 
ilova qilingan hujjatlar (chiptalar, kassa kirim orderi kvitantsiyalari, material( 
ish, xizmat)lar haqini to’lash haqidagi cheklar va boshqalar ) ma’lumotlariga 
taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda nafaqat isbotlovchi hujjatlar 
mavjudligi va ularning bo’nak hisobotlariga mosligi bilan birga ushbu 
hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini ham aniqlash zarur.
Avvalo «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun»ning 9-moddasiga 
muvofiq hujjatlarda majburiy rekvizitlarning mavjudligi aniqlanadi. Masalan, 
tovar chekida do’kon shtampasi, sanasi, sotib olingan tovar nomining yo’qligi 
tovarning do’kondan sotib olinganligini yoki ushbu sarflarning ishlab 
chiqarishga mo’ljallanganligini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Jismoniy 
shaxslar 
tomonidan 
qilingan 
xaridlar 
uchun 
tuzilgan 
dalolatnomalarda ularning tuzilgan joyi va sanasi, tovarning nomi, uning 


miqdor ko’rsatkichi, umumiy qiymati, sotgan shaxs (xususiy tadbirkor)ning 
familiyasi, ismi-sharifi va soliq to’lovchi xos raqami (INN), tadbirkorning 
davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida guvohnoma rekvizitlari yoki jismoniy 
shaxsning pasport ma’lumotlari va yashash joyi ko’rsatilishi lozim.
Tovarlar hisobdor shaxslar tomonidan chakana savdo korxonalarida naqd 
pulga sotib olinganida pul mablag’lari sarflanganligi to’g’risida hujjatlar 
mavjudligini aniqlash zarur.
Tovar boyliklar ulgurji savdo korxonalaridan yoki ishlab chiqaruvchidan 
naqd pulga sotib olnganida kassa kirim orderi kvitantsiyasi, tovar hujjati 
(schyot, nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi) va schyot-faktura taqdim 
etilishi lozim. Bu hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. 
Shuningdek, barcha hujjatlarda QQS alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga 
va mosligiga alohida e’tibor beriladi.
Auditor hisobdor shaxslar tomonidan sotib olingan buyumlarning kirim 
qilinganligi va ushbu buyumlarning ishlab chiqarishga yoki foydalanishga 
berilganlik fakti tasdiqlanmasdan bevosita xarajat schyotlariga olib borish 
hollari yo’qligini aniqlaydi.
Tovar-moddiy boyliklar kirim qilinganligi to’g’risidagi fakt va tasdiqlovchi 
hujjatlar yo’qligida hisobi beriladigan summalar hisobdor shaxsning jami 
daromadiga qo’shilib, daromad solig’i ushlanadi. Auditor bunday hollarda 
daromad solig’i ushlanganligni aniqlaydi.
Bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida naqd pul bilan hisob-kitob 
qilishning belgilangan chegarasiga rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor 
qaratish zarur. Dastlabki hujjatlarda (nakladnoy, schyot-faktura, kassa kirim 
orderi kvitantsiyasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va sh. o’. ) ko’rsatilgan 
summalar belgilangan limit bilan solishtiriladi.

Download 398.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling