«iqtisodiy tahlil»fanidan nazorat ishi


-jadval Debitor va kreditor qarzdorlikning aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va aylanish davri kо‘rsatkichlarini tahlili


Download 187.29 Kb.
bet8/10
Sana13.09.2023
Hajmi187.29 Kb.
#1676589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILI1

-jadval
Debitor va kreditor qarzdorlikning aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va aylanish davri kо‘rsatkichlarini tahlili

Kо‘rsatkichlar

О‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

О‘sish sur’ati. %

Debitorlar, jami(satr220+240+250+260+270+280+290+300+310)

459586 597

468253 903

8 667 306

101.9

shundan: muddati о‘tgan

61242 836

24341 057

-36 901 779

39.3

Joriy majburiyatlar, jami (satr610+630+640+650+660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760)

654802314

674942 829

20 140 515

103.1

shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr610+630+650+670+680+690+700+710+720+760)

623266697

651211 265

27 276 076

104.5

shundan: muddati о‘tgan joriy kreditorlik qarzlari

26 935 189

18 671 676

-8 263 513

69.2

Sotishdan sof tushum

2 799 935 534

2 938 333 638

138 398 104

104.9

Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti

6.09

6.27

0.18

102.9

Shundan: muddati о‘tgan debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti

45.88

122.41

76.53

271.1

Debitorlik qarzlarining aylanish davri

59.11

57.41

1.70

96.6

Shundan: muddati о‘tgan debitorlik qarzlarining aylanish davri

7.8

2.9

-4.9

37.1

Kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyenti

4.49

4.51

0.02

100.4

Shundan: muddati о‘tgan kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti

107.65

163.22

55.57

152.3

Kreditorlik majburiyatlarining aylanish davri

80.1

79.8

-0.3

98.8

Shundan: muddati о‘tgan kreditorlik qarzlarining aylanish davri

3.3

2.2

-1.1

66.6

Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyentlarining bog‘liqligi (nisbati)

1.35

1.39

0.04

102.9

Korxonada debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi о‘tgan yilga nisbatan 0.18 ga ortgan. Aylanish davri 1.70 kunga tezlashgan. Kreditorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti esa 0.02 ga ortgan. Aylanish davriyligi esa 0.3 kunga tezlashgan. Muddati о‘tgan debitorlik majburiyatlarini undirish, muddati о‘tgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash imkoniyatlari korxonada tо‘la mavjud.


Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bо‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari

Qarz majburiyatlarini boshqarish ishida tizimli yondashuv zarur. Boshqaruvni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yishda qarzdorlik mavjudligiga, uning miqdoriga va paydo bо‘lgan sanasiga, qarzlarni undirish muddatlarini belgilashga, ularni sо‘ndirish usullarini tanlashga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda, kо‘proq qarzdor bilan muzokara olib borish yо‘linitanlash maqsadga muvofiqdir. Masalani uzil-kesil hal qilish imkoni bо‘lmasa qonunda belgilangan boshqa choralarni kо‘rishga kirishish lozim.


Debitorlik qarzlarini undirish oson jarayon emas. Bu uzoq vaqtni, qо‘shimcha tashkiliy va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi hamda doim bir necha biznes tuzilmalar manfaatlari tо‘qnashuvi bilan bog‘liq bо‘ladi. Bu albatta boshqaruvchidan uddaburonlik, shijoat va jiddiylikni talab etadi. Shu bilan birga qarzdorlikni hal etishda qonunchilik normalari bо‘yicha barcha bosqichlardan о‘tish ham doimo ijobiy natijalarga olib kelavermaydi.
Korxonalarda muddatida undirilmagan va undirish imkoni bо‘lmagan debitorlik, kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, sо‘ndirishquyidagi usullarda amalga oshiriladi.
Birinchi usul: debitorlik qarziumidsizbо‘lgan, payti kelganda uni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri korxonaning zarariga hisobdan chiqariladi.
Sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati о‘tishi oqibatida uzish mumkin bо‘lmagan qarzumidsizdeb e’tirof etiladi8.Bunday qarz hisobdan chiqarilishi kerak.
Qarzdorlikning umumiy da’vo muddati uch yil. Ularni hisobdan chiqarish rahbarning qarori bilan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
“Xarajatlar tarkibi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq da’vo bildirish muddati о‘tgan debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan kо‘rilgan zararlar boshqa operatsion xarajatlar sifatida korxonaning davr xarajatlari tarkibiga kiradi.
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarishningikkinchi usuli– bu dargumon qarzlar bо‘yichazaxira tashkil etishdir. Bunda belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan debitorlik qarzidargumon qarzsifatida tan olinadi.
Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari bо‘yicha dargumon qarzlari summasiga zaxira tashkil qilinadi9.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday usulda ham zararga hisobdan chiqarilgan qarz hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab besh yil mobaynida qarzdorning mulkiy holati о‘zgargan taqdirda qarzni undirish imkoniyatini kuzatish uchun balansdan tashqari schyotida turishi zarur.
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarishning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosatida aks etadi. Agarda korxona dargumon qarzlar bо‘yicha zaxira tashkil etmoqchi bо‘lsa, u holda uni shakllantirish va foydalanish tartibini ham hisob siyosatida kо‘rsatishi kerak.
Debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini о‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bо‘lgan holda tо‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish mansabdor shaxslarga EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi10.
Mahsulot va tovar yetkazib berishda, shuningdek ishlarni bajarish yoki xizmatlar kо‘rsatishda korxona xaridorlar va buyurtmachilardan bо‘nak tо‘lovini (oldindan tо‘lovni) talab qilishi mumkin. Bu holatda bо‘nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusi tо‘lovlarning tushishi kafolati va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar kо‘rsatish bо‘yicha shartnomaning bajarilishi kafolati bо‘lib xizmat qiladi. Bunday bо‘naklar pul mablag‘larini olgan korxona uchun mahsulot va tovarlar yetkazib berilgunga, shuningdek ish bajarilgunga yoki xizmatlar kо‘rsatilgunga qadar yoxud ilgari olingan bо‘nak tо‘lovlari qaytarilgunga qadar majburiyatlar hosil qiladi.
Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish tartiblari soliq kodeksining 136-moddasi bilan tartibga solinadi.
Muddatida sо‘ndirilmagan kreditorlik qarzi quyidagi hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
- da’vo bildirish muddati (qarz vujudga kelgan paytdan boshlab uch yil) о‘tganda;
- kreditor korxona tugatilganda;
- majburiyatlar sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilganda.
Hisobdan chiqarilgan kreditorlik qarzi summasi asosiy ishlab chiqarishdan olingan boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi. Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish korxonaning boshqa daromadlarga kiradi hamda asosiy faoliyat turi uchun kо‘zda tutilgan stavkalar bо‘yicha soliq solinadi.
Balansda debitorlik qarzini ushlab turish nihoyatda foydasiz, biroq undan aql bilan moliyaviy holatga ziyonsiz vaqonunchilikdoirasida xalos bо‘lish kerak. Aniqlanishicha, amaliyotda kreditorlar uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud. Kontragent bilan о‘zaro munosabatlar tarixi, qarz summasi, uning hosil bо‘lish sanasi va boshqa omillarga bog‘liq holda:
- qо‘shimcha kelishuv yoki vaziyatga mos keladigan boshqa shartnoma tuzish yoki qarzni butunlay kechib yuborish;
- bank yoki soliq inspeksiyasiga murojaat qilish;
- qarzdorga talabnoma yо‘llash yoki sudga qarzni undirish uchun ariza berish;
- qarzdorni bankrot deb e’tirof etish.
Yondashuvlarning turli-tumanligiga qaramay amalda, debitorlik vakreditorlik qarzlarini boshqarishiqtisodiyotning barcha bо‘g‘inlaridagi korxona va tashkilotlarda xaliga qadar qiyinligicha qolmoqda. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining muddati о‘tgan qismini jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Ularni hal qilishning amalda moliyaviy mexanizmlari mavjud qarzdorlikni ijobiy hal qilish imkonini bermayapti. Buning oqibatida korxonalarning moliyaviy ahvoli tobora yomonlashmoqda. Ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan kо‘rilayotgan chora tadbirlar samarasizligicha qolmoqda.
Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorligi va ularni muddatli hal etish borasida amaldagi xuquqiy normalarni takomillashtirish, kechiktirilgan qarzlar siyosatidan voz kechish, qо‘llab quvvatlashning manzilli xaritalarini tuzish, rag‘batlantirishning ta’sirchan birliklarini yо‘lga qо‘yish, hisob-kitob shakllarini kengaytirish, savdo va tijorat faoliyatida sug‘urta xizmatlarini yо‘lga qо‘yish, zaxiralarni tashkil etishning mukammal tizimiga о‘tish lozim deb о‘ylaymiz.
Debitorlik qarzlarini boshqarishning maqsadiuning hajmini va tarkibini optimallashtirish, shuningdek, samarali kredit siyosatini qо‘llash yuzasidan sotish hajmini rag‘batlantirishdan iborat.



Download 187.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling