«iqtisodiy tahlil»fanidan nazorat ishi
-jadval Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkib bо‘yicha tahlili
Download 187.29 Kb.
|
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditorlik majburiyatlari tarkibi
- Debitorlik va kreditorlik qarzlarining farqi -163 680 100
-jadval
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkib bо‘yicha tahlili
Korxonada hisobot davri oxiriga qarz balansi 651 211 265 ming sо‘mga teng bо‘lgan. Shundan: 468 253 903ming sо‘mi debitorlik majburiyatlari, 651 211 265ming sо‘mi kreditorlik majburiyatlaridir. Kreditorlik majburiyatlarining debitorlik majburiyatlarining ortgan qismi 182 957 362 ming sо‘mni tashkil qilgan.Hisobot davri boshiga debitorlik va kreditorlik majburiyatlari orasidagi farq 163 680 100 ming sо‘mni tashkil qilgan. Debitorlik kreditorlik balansi 623 266 697 ming sо‘mga teng bо‘lgan.Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi davr boshiga nisbatan 27 944 568 ming sо‘mga ortgan. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibida muddati о‘tgan, tо‘lov muddati kelgan va tо‘lov muddati о‘tmagan majburiyatlarni alohida tarkiblash lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining muddati о‘tgan sifatida tan olish tartiblari qonunchilik normalari asosida belgilanadi. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste’molchilarning о‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, xalq xо‘jaligida tо‘lov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida qabul qilingan “Xalq xо‘jaligida hisob-kitoblar о‘z vaqtida о‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining ma’suliyatini oshirish borasidagi chora tadbirlari tо‘g‘risidagi” PF-1154 sonli 1995 yil 12-maydagi Prezident farmonida belgilanishicha,barcha mulkchilik shakllaridagi xо‘jalik yurituvchi subyektlarning iste’molchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan tо‘lamasalar, mahsulot jо‘natishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar kо‘rsatishi ta’qiqlanishi belgilangan. Mazkur farmonga kо‘ra, tovarlar amalda jо‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar kо‘rsatilgan kundan boshlab tо‘qson kun о‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati о‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi. Muddati о‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjud bо‘lgan taqdirda barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga intizomiy choralar, hatto jinoiy javobgarlikka tortish choralari qо‘llanishi lozimligi qayd etiladi. Hukumat qarori bilan muddati uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga,respublika tashqarisidagi hamda korxona faoliyatiga aloqador bо‘lmagan sabablar tufayli vujudga kelganqarzlar summasi albatta bundan mustasno hisoblanadi. Download 187.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling