Iqtisodiy tahlilning maqsadi hamda vazifalari.? Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ?
Download 9.38 Kb.
|
Hamdamov J
Savollar:1. Iqtisodiy tahlilning maqsadi hamda vazifalari.? 2 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ? 3 Iqtisodiy tahlil mazmuni ? 1 Xo’jalik yurituvchi sub’ektining mexnat, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslari bilan ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar asosida, axborot manbalariga binoan monitoring etish, foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlashni fanning maqsadi hisoblanadi. Fan vazifasi esa o‘rganilayotgan jarayonga tuģri va odilona baho berish, moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanganligiga baho berish, hamda, korxonaning joriy va kelajakdagi rivojlanish strategiyalarini tuzish, ish yuritish bo‘yicha takliflar berish va hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi. 2 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti - iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va keladigan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi. Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalaming asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalar- dagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda yuritish bilan bogiiq boigan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlanni xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq toiovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. 3 Iqtisodiy tahlil mazmuni- bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega boiishning o‘zi yetarli emas. Chunki xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur. Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan. 72E-20I guruh talabasi Hamdamov Jahongir. Download 9.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling