Iqtisodiy tizim haqida tushuncha


Download 1.19 Mb.
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1633085
Bog'liq
Iqtisodiy tizim!

Iqtisodiy tizim haqida tushuncha.


Iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʼladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʼlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʼli bilan mustahkamlangan normalar majmui iqtisodiy tizim deyiladi.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladigan xoʼjalik yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishi birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil etadi.
Iqtisodiy tizimga quyidagilar kiradi:
  • Iqtisodiy resurslar
  • Iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar
  • Noiqtisodiy mexanizm
  • Iqtisodiy siyosat

Tuzilishiga qarab iqtisodiy tizim uch turkumga boʻlinadi!
Anʼanaviy iqtisodiyot
Maʼmuriy buyruqbozlik iqtisodiyot
Bozor iqtisodiyoti
Anʼanaviy iqtisodiy tizimi belgilari – qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyalarning mavjudligi ichlab chiqarishning agrar xarakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanch ekstensiv yuritiladigan qishloq xoʻjaligi, sanoatining hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi va boshqa.
  • Iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning oʻz ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotdi munosabatlari boʻlmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati taʼsiridan holi boʻladi. Anʼanaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urugʻ aymoqchilik sharoitida yashayotgan baʼzi Afrika xalqlarida uchrab turadi!

Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi belgilari
mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyalarning boʻlishi, ishlab chiqarishning industrial agrar xarakteri, iqtisodiyotning yopiq boʻlishi, davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qoʻshimchasiga aylanishi, xususiy mulkning taqiqlanishi, iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatiga nisbatan past boʻlishi va boshqa.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari – yuksak zamonaviy texnologiyalarning mavjudligi, ishlab chiqarishning industrial xarakterda boʻlishi, iqtisodiy taraqqiyotda axborotning oʻrni va ahamiyatining yuqoriligi, ishlab chiqarishda xizmat koʻrsatish sohasining ortib borishi, iqtisodiy oʻsishning intensiv usuli ustuvorligi, iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, ijtimoiy yoʻnalishga egaligi va boshqa.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling