Iqtisodiy tahlilning maqsadi hamda vazifalari.? Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ?


Download 9.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.38 Kb.
#1594631
Bog'liq
Hamdamov J

Savollar:



1. Iqtisodiy tahlilning maqsadi hamda vazifalari.?
2 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ?
3 Iqtisodiy tahlil mazmuni ?
1 Xo’jalik yurituvchi sub’ektining mexnat, moddiy, moliyaviy va
boshqa resurslari bilan ta’minlanganligi hamda ulardan samarali
foydalanishga ta’sir etuvchi omillar asosida, axborot manbalariga
binoan monitoring etish, foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan
ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
takliflar tayyorlashni fanning maqsadi hisoblanadi.
Fan vazifasi esa o‘rganilayotgan jarayonga tuģri va odilona baho
berish, moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklar bilan
ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanganligiga baho
berish, hamda, korxonaning joriy va kelajakdagi rivojlanish
strategiyalarini tuzish, ish yuritish bo‘yicha takliflar berish va
hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi.


2 Iqtisodiy tahlil fanining predmeti - iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga
kelgan va keladigan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va
boshqa turli faoliyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi
hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisoblanadi. Fanning predmeti
ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalaming
asosiy xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari hamda
ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalar-
dagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda
yuritish bilan bogiiq boigan barcha ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlami qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlanni
xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyati, soliq toiovlari kabi munosabatlar
tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik
holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi.


3 Iqtisodiy tahlil mazmuni- bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotda boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega
boiishning o‘zi yetarli emas. Chunki xo‘jalik subyektlarida rahbar
hamda mutaxassislar mavjud axborotlar bilan ishlashi, ular
asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur.
Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash
va undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan
ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.


72E-20I guruh talabasi
Hamdamov Jahongir.
Download 9.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling