Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari


– davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri


Download 20.79 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1646072
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari

3 – davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri. Bu davrda Toshkentlik,
Samarqandlik va boshqa xududlarning olimlari tomonidan darslik va o’quv
qullanmalar, risolala va ko’plagan ilmiy maqolalar yaratila boshlandi. Bu davrga kelib,
Toshkentlik olimlardan Abdullayev Yo., Maxmudov O., Ibragimov A.,Xasanov B.,Shoalimov A. va boshqalar iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.Samarqandlik olimlar ham o’z ananalarini davom ettirib, sermahsul ijod qildilar. Masalan, I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar”Xo’jalik faoliyatining tahlili”iga bag’ishlangan to’rt tomlik albob yaratdilar.
I.T.Abdukarimovning 1984 yilda “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish”nomli darsligi Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida chop etildi. Bu darslik ittifoqdagi barcha kooperativ institutlariga tavsiya qilindi. Ushbu darslik qayta ishlanib,1989 yilda yangidan nashr qilindi.
4–davr–Iqtisodiy tahlilning o’zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davridir.
Bu davrda iqtisodiy tahlilningturli qirralariga bag’ishlangan o’zbek tilidagi asarlar Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa xududlarning iqtisodchi olimlari tomonidan yaratila boshlandi. Bunga misol qilib, I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A.
Abdiyevlar va V. I.Abdukarimovlar tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish”nomli o’zbek tilida chop qilingan darsligini, 1990 yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti dosenti T. Qudratovning “O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy-statistik tahlili” nomli o’quv qullanmasini ko’rsatish mumkin.
5–davr–Mustaqillik yillari davri. Bu davrni iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari davri deb atash mumkin.Bu davrda iqtisodiy tahlil bo’yicha ko’plagan asarlar Davlat tilida vujudga keldi, nashr etildi va etilmoqda. Bunga kuyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin:
-Abdullayev Yo.,Ibrohimov A.,Raximov M. Iqtisodiy tahlil. O’quv qullanma.
2001 yili “Mehnat “ nashriyotida chop qilingan.
- M.Q.Pardayev.,I.T.Abdukarimov. Iqtisodiy tahlil. Darslik. 2004 yili “ Mehnat “ nashriyotida chop qilingan
-Vahobov A.V va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik 2005 yili “Sharq “ nashriyotida chop qilingan.
-T.Qudratov.,M.Ibragimov.,Z.Karimova. Iqtisodiy tahlil. Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. 2005-2014 yillarida Toshkentda “Ilm ziyo “ nashriyotida chop qilingan (olti marta nashr qilingan).
-T.Qudratov.,N.Fayziyeva.Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik.
2012 yili Toshkentda “Voris “ nashriyotida chop qilingan.

Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling