Iqtisodiy tahlilning zarurligi va mohiyati
Download 18.83 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
Iqtisodiy tahlilning zarurligi va mohiyati Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida korxonalar boshqaruvida tahlilning ahamiyati ortadi. Bozor iqtisodiyotiga
Mustaqil fanni shakllantirgan iqtisodiy tahlil qator holatlarda statistika, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, matematika va boshqa unga bevosita bog‘liq fanlarga oid ma’lumotlardan kompleks va tizimli ravishda foydalanadi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiyot nazariyasi bilan uzviy aloqaga ega. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlar taraqqiyotining nazariy asosi hisoblanadi va iqtisodiy qonuniyatlar, ularning ta’sir mexanizmlarini o‘rganadi. Analitik tadqiqotlar o‘tkazishda ushbu qonuniyatlar ta’sirini hisobga olish zarur. O‘z navbatida, iqtisodiy tahlil muayyan tarzda iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p sonli analitik tadqiqotlar u yoki bu iqtisodiy qonuniyatlar namoyon bo‘lishi haqida ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi. Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan qonuniyatlarni ifodalash, korxona, mamlakat yoki jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining global prognozlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Iqtisodiy tahlil maxsus fan sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat qonuniyatlarini yorituvchi boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Bulardan biri tarmoqlar iqtisodiyoti hisoblanib, u ham iqtisodiy fanlarning metodik va metodologik asosi sanaladi. Iqtisodiyotni bilmay turib xo‘jalik faoliyatining izchil tahlilini amalga oshirishning iloji yo‘q. Iqtisodiyot taraqqiyotning umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganadi, samarali va oqilona xo‘jalik yuritish yo‘llari va usullarini ilmiy asoslaydi. Iqtisodiy tahlil umumiy va o‘ziga xos iqtisodiy qonuniyatlar hamda tushunchalar talablariga muvofiqlik nuqtayi nazaridan korxonalar faoliyatining rivojlanishini o‘rganadi. Hozirgi sharoitda iqtisodiy tahlilning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish zarurati shunga bog‘liqki, rivojlanayotgan va amaliy talab yuqori bo‘lgan fan sifatida tahlil “Moliya nazariyasi”, “Moliya”, “ Moliyaviy menejment” kabi turli moliyaviy fanlarning asosiy instrumenti va mazmuniga aylandi. Lekin professional darajada iqtisodiy tahlil o‘tkazish uchun tahlilning aniq maqsadlariga mutanosib javob beruvchi uslubiyot bilan birga axborot bazasini chuqur anglash ham talab etiladi. Tahlilda foydalaniladigan axborotlarning salmoqli qismi buxgalteriya hisobi tizimida shakllanadi. Iqtisodiy tahlilni o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobidan tashqari boshqaruv va moliyaviy hisobotlar ham axborot bazasi hisoblanadi. Tahlil (uni xo‘jalik faoliyatiga bog‘lamasdan va mustaqil fan sifatida ajratmay) azaldan mavjud va insoniyatning jami ilmiy va amaliy faoliyati asosida yotuvchi ancha keng tushuncha hisoblanadi. Tahlil obyekt va hodisalarni qismlarga ajratib o‘rganish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Tahlilga teskari jarayon sifatida sintez namoyon bo‘lib, u bilan tahlil ko‘pincha amaliy yoki bilish faoliyatida uyg‘un- lashadi. O‘rganilayotgan obyekt turi, uning strukturasi murakkabligi, o‘rganilayotgan jarayonning mavhumlik darajasi va ularni amalga oshirish usullariga bog‘liq ravishda tahlil turli shakllarda namoyon bo‘ladi, jumladan ko‘pincha ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar(kimyoviy tahlil, matematik tahlil, biologik tahlil, iqtisodiy tahlil)da tadqiqot so‘zining sinonimi hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil fan sifatida obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar hamda obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jara- yonlarni tadqiq qilish bilan bog‘liq maxsus bilimlar tizimini o‘zida aks ettiradi. Boshqaruv funksiyasi sifatida rejalashtirish, hisob, tahlil va boshqaruv qarorlari o‘zaro chambarchas bog‘langan. Tahlil boshqaruv qarorlarini qabul qilishning ilmiy asosi hisoblanadi, uning yordamida iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari o‘rganiladi, faoliyat natijalarining o‘zgarishi omillar asosida tadqiq qilinadi, biznes-rejalar va boshqaruv qarorlari asoslanadi, ularning ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi, samaradorlikni oshirish zaxiralari aniqlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan boshqaruv funksiyalarisiz hech qanday boshqaruv qarorini qabul qilish mumkin emas. Amaliy iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o‘rinni egallovchi iqtisodiy tahlil bevosita xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qator o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy qonuniyatlar namoyon bo‘lishini o‘rganish, korxonalarning aniq sharoitida iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning qonuniyatlari hamda tendensiyalarini aniqlash, ularni tadqiq qilish asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Masalan, talab va taklif qonuniyati. Talab o‘ta harakatchan va o‘zgaruvchan, chunki uning miqdori va dinamikasiga ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tusdagi ko‘p sonli omillar ta’sir qiladi. Tovarga talabning o‘zgarishiga, misol tariqasida olsak, reklamadan foydalanish, moda, afzal ko‘rish, atrof- muhit, did, tovarlar hammabopligi, daromadlar miqdori, buyum foydaliligi, o‘rnini bosuvchi tovarlar uchun narxlar, aholi soni o‘zgarishi ta’sir etishi mumkin. Tahlilning keyingi muhim funksiyasi joriy va istiqboldagi rejalarni ilmiy asoslash hisoblanadi. Ilmiy asoslangan reja korxonalar faoliyati samarasini baholash mezoni sanaladi. O‘tgan yillar (5-10 yil) uchun korxonalar faoliyat natijalarini iqtisodiy tahlil qilmasdan, istiqbol uchun asoslangan prognozlashsiz va korxonalar iqtisodiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganmay turib, o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan kamchilik va xatoliklarni aniqlamasdan ilmiy asoslangan rejani ishlab chiqish, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlashning iloji yo‘q. Rejalashtirish zamonaviy korxonalarda moliyaviy resurslar, birinchi navbatda, pul mablag‘lari bilan bog‘liq, ular oxir-oqibatda moddiy, mehnat va boshqa resurs turlariga o‘zgaradi. Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ulardan samarali foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, sotish va investitsion rejalarni professional darajada tayyorlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun eng muhim omil hisoblanadi. Rejalar va boshqaruv qarorlari bajarilishi, resurslardan tejamli foydalanish ustidan nazorat korxona uchun muhim ahamiyat kasb etadi va tahlilning asosi y funksiyalaridan biri sanaladi. Rejalar bajarilishini baholash rejada ko‘zda tutilgan xo‘jalik operatsiyalarini bajarish muddati tugashi bo‘yicha amalga oshiriladi. Erishilgan natijalarni baholashda kamchilik va xatolar aniqlanadi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi. Iqtisodiy tahlil real foyda keltirganda o‘zini oqlaydi. Iqtisodiy tahlilning haqiqiy nafi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida foydalanilmagan zaxiralarni aniqlashdan ham iborat. Iqtisodiy tahlilning muhim funksiyalaridan biri – resurslardan samarali foydalanishdagi foydalanilmagan zaxiralarni aniqlash, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish hamda fan va amaliyot yutuqlari, ilg‘or tajribalar o‘rganilishini hisobga olgan holda korxonani muvaffaqiyatli rivojlantirish va daromadlilik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlil tasnifida texnik-iqtisodiy tahlil, moliyaviy-iqtisodiy tahlil, boshqaruv tahlili, ijtimoiy- iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil, iqtisodiy-ekologik tahlil va marketing tahlili kabilar o‘rin olgan. Iqtisodiy tahlil boshqaruv obyekti (xo‘jalik faoliyati)ning asosiy va yirik bo‘limlari hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish, obyektlari, vazifalarni yechish usullari o‘ziga xoslikka ega. Moliyaviy-iqtisodiy tahlil (korxonaning moliya xizmati, moliya va kredit organlari) korxona faoliyati natijalariga: moliyaviy reja bajarilishi, o‘z va qarz kapitaldan foydalanish samaradorligi, foyda miqdorini oshirish zaxiralarini aniqlash, rentabellik o‘sishi, korxonaning moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyati yaxshilanishi kabilarga asosiy e’tibor qaratadi. Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslanuvchi moliyaviy tahlil tashqi tahlil hisoblanadi va quyidagi xususiyatlarga ega: – tahlil subyektlari (axborotlardan foydalanuvchilar) ko‘pligi; – tahlil subyektlari maqsad va manfaatlari rang-barangligi; – hisob va hisobotning namunaviy metodikalari, standartlari mavjudligi; – tahlilning faqat korxonaning ommaviy hisobotiga yo‘nalganligi; – korxona faoliyati haqida axborotlardan foydalanuvchilar uchun natijalarning maksimal oshkoraligi. Moliyaviy (tashqi) tahlil jarayonida quyidagilarni aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi: – foyda, tushum va xarajatlarning mutlaq ko‘rsatkichlari; – rentabellikning nisbiy ko‘rsatkichlari; – bozor barqarorligi, balans likvidligi, korxona to‘lov qobiliyati; – o‘z kapitaldan foydalanish samaradorligi; – qarz mablag‘lardan foydalanish samaradorligi; – kapitalni avanslash samaradorligi (investitsion tahlil); – korxonaning moliyaviy ahvoli va emitent korxonaning reyting bahosining iqtisodiy diagnostikasi. Boshqaruv tahlili korxonaning barcha xizmatlari tomonidan olib borilib, bunda rahbariyatga rejalashtirish, nazorat, optimal boshqaruv qarorlari qabul qilish, moliyaviy siyosat masalalari bo‘yicha strategiya va taktika ishlab chiqish, marketing faoliyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika, texnologiyasi uchun zaruriy axborotlarni taqdim etish maqsad qilinib, operativ xarakterga ega. Uning natijalari esa tijorat siri hisoblanadi. Boshqaruv tahliliga xos xususiyatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: – tahlil natijalarining korxona rahbariyatiga yo‘nalganligi; – tashqaridan tahlilni tartibga solish mavjud emasligi; – korxona faoliyatini, moliyaviy va texnik jihatlarini o‘rganish, tahlil qilish majmuaviyligi; – hisob, tahlil, rejalashtirish va qaror qabul qilish integratsiyasi; – tijorat sirini saqlash maqsadida tahlil natijalari maxfiyligi. Boshqaruv yoki ichki xo‘jalik ishlab chiqarish tahlili predmeti quyidagilar hisoblanadi: – biznes-rejani asoslash; – marketing tizimi; – xo‘jalik faoliyati samaradorligining kompleks iqtisodiy tahlili; – texnik-tashkiliy daraja va ishlab chiqarishning boshqa shart- sharoitlari; – ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi; – mahsulot ishlab chiqarish va sotish; – tannarx, mahsulot hajmi va foydaning o‘zaro aloqasi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti tahlilni ichki boshqaruv va tashqi moliyaviy tahlilga differentsiatsiyalash ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ichki boshqaruv tahlili – boshqaruv hisobining tarkibiy qismi, ya’ni korxona rahbariyati, ma’muriyatining axborot-analitik ta’minotidir. Tashqi moliyaviy tahlil esa moliyaviy hisobning tarkibiy qismi sanaladi. Analitik jarayon va baholash uchun qanday turdagi hisobot manba sifatida xizmat qilishiga bog‘liq ravishda iqtisodiy tahlil turkumlanadi Shunday qilib, iqtisodiy tahlil moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqa- rish tizimining muhim elementi hisoblanadi, undan investitsion loyiha- larni baholashda oldindan prognozlash varianti sifatida; moliyaviy shart-sharoit va natijalarni prognozlash instrumenti sifatida; ishlab chiqarishni boshqarishdagi joriy muammolarni aniqlash; har bir fao- liyat yuritayotgan obyektga tegishli ichki zaxiralarni aniqlash, korxo- naning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida foydalanish mumkin. Download 18.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling