Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani


  Aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning  ijtimoiy


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/52
Sana05.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#225567
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bog'liq
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari

1.2.  Aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning  ijtimoiy 

siyosatning asosiy yo’nalishlari 

 

"Daromad"  iqtisodiy  faoliyat  natijalarini  ifodalovchi  ko`rsatkich  bo`lib,  u 

serqirra  va  murakkab  mazmunga  ega  hisoblanadi.  Chunki,  daromad  bir  vaqtning 

o`zida  biron-bir  faoliyat  natijasida  olingan  tushumni,  pul  mablag’larini,  natural 

ko`rinishda  olingan  mahsulotlarni,  iqtisodiy  resurslar  keltiruvchi  nafni  va  boshqa 

tushunchalarni  ifodalashi  mumkin.  Shuningdek, daromad  umumiy  tushuncha  bo`lib, 

uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.  

Aholi  daromadlari  ma`lum  vaqt  oraliqida  (masalan,  bir  yilda)  ular  tomonidan 

olingan  pul  va  natural  shakldagi  tushumlar  miqdorini  anglatadi.  Iqtisodiy 

adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan, 

V.I.Vidyapin  va  boshqalarning  umumiy  tahriri  ostidagi  "Iqtisodiyot  nazariyasi" 

darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan: (2-jadval) 

 

1)  Pul  va  natural  shakldagi  ishhaqi  va 



maosh 

2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul 

va natural ko`rinishdagi ta`minotlari 

3) Tadbirkorlarning ajratmalari: 

a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga, 

b) boshqa maqsadlarga.   

Ijtimoiy 

bandlikdan 

olinadigan 

daromadlar 

4) Erkin kasblardagi shaxslar 

5) Fermerlar 

6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar 

va savdogarlar 

 

O`zini-o`zi band qilishdan daromadlar 



7) Renta, sof foiz, dividendlar  ,  

Mulkdan olinadigan daromadlar 

8)  Joriy  transfertlar,  kompaniyalarning 

xayriyalari 

9) Davlat nafaqalari va boshqa to`lovlar. 

Transfert daromadlari 

 



19 

 

Shu  o`rinda  ta`kidlash  lozimki,  daromad  tarkibining  yuqorida  keltirilgan 



tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining 

pul  va  natural  ko`rinishdagi  ta`minotlarini  alohida  bandda  berilishi  mantiqqa  ziddir, 

chunki  harbiy  xizmatchilar  ham  o`z  faoliyatlari  natijalarini  ishhaqi  yoki  maosh 

ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4  - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar 

daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.   

Aholi  pul  daromadlari  ishhaqi,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan  daromad, 

nafaqa,  pensiya,  stipendiya  shaklidagi  barcha  pul  tushumlarini,  mulkdan  foiz, 

dividend,  renta  shaklda  olinadigan  daromadlarni,  qimmatli  qog’ozlar,  ko`chmas 

mulk,  qishloq  xo`jalik  mahsulotlari,  hunarmandchilik  buyumlarini  sotishdan  va  har 

xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. 

Natural  daromad  me’nat  haqi  hisobiga  olinadigan  va  uy  xo`jaliklarining  o`z 

iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. 

Jamiyat  a`zolari  daromadlari  darajasi  ular  turmush  farovonligining  muhim 

ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, 

Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. 

Aholi daromadlari darajasiga bevosita  ta`sir  ko`rsatuvchi omillar  orasida  ishhaqidan 

tashqari  chakana  narx  dinamikasi,  iste`mol  bozorining  tovarlar  bilan  to`yinganlik 

darajasi kabilar muhim o`rin tutadi. 

Prezidentimiz  I.Karimov  ta`kidlab  o`tganlaridek:  "Mustaqillik  yillarida 

odamlarimizning  tafakkuri,  dunyoqarashi,  hayotga  bo`lgan  munosabati  ham  tubdan 

o`zgardi.  Turmush  darajasi,  oilasining  farovonligi,  eng  avvalo,  o`ziga  boqliq 

ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".

4

 

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va 



real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. 


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling