Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR …… ……..………………………………………………………………79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………………………83
- KIRISH.
III-BOB.
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN “AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI” MAVZUSINI O’QITISH USLUBIYOTI……………………………………54
3.1.Interfaol usullarning dars jarayonini tashkil etishdagi ahamiyati………………55 3.2.Iqtisodiyot nazariyasi fanidan “Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati” mavzusini o’qitishda interfaol usullaridan foydalanish...................64 XULOSA VA TAKLIFLAR …… ……..………………………………………………………………79 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………………………83
6
Mavzuning dolzabligi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi daromadlarini ko’paytirish va turmush farovonligini yaxshilashning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy barqarorligi va milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi ko’p jihatdan ushbu muammoni hal etilishiga bog’liqdir. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholini ish bilan ta’minlash va uning farovonligini oshirish masalasiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi sifatida qaralmoqda. O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi - ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 2007-2011 yillarda respublika bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, lekin listenziyaga ega tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko’paygan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo’lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan toifalari moddiy qo’llab- quvvatlanmoqda, ular uchun ish o’rinlarini kvotalash tartibi yo’lga qo’yildi; davlat va mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migrastiyani tartibga solishga
7
e’tibor kuchaytirilmoqda.” 1
Aholi daromadlarining oshishi o’z navbatida ularniig banklardagi omonatlarining salmog’ining oshishiga olib keldi. 2012 yilda aholining banklardagi omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’ngi o’n yilda esa 40 barobardan ziyod oshdi. Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb kilishni yanada rag’batlantirish va kafolatlashga doyr qabul qilingan Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Natijada, banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2012 yil boshiga nisbatan 31,5 foizga ortdi. Jumladan, aholining banklardagi omonatlarining miqdori 22,8 trln. so’mdan oshdi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling