Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/52
Sana05.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#225567
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Bog'liq
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari

Interfaol ta’lim – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi (ta’lim oluvchi 

va kompyuter) o’zaro harakatni amalga oshiruvchi dialogli ta’lim.  

 

Interfaollik  –  ta’lim  doirasida  prinstipial  yangi  hodisa  –  shu  tufayli  ta’lim 



oluvchi: 

 

(1) ta’lim  jarayonining  hamma sub’ektlari bilan faol  o’zaro harakatda bo’lishi, 



faqatgina  o’kituvchi  bilan  shaxsiy  munosabat  yulidagina  emas,  balki  boshqa 

talabalar, ma’muriyat bilan hal qila olishi mumkin;

 

(2) multimedia ob’ektlarini taxlil kilish jarayonida ularning mazmunini, shaklini, 



o’lcham va ranglarini dinamik ravishda boshqarishni, turli tarafdan ularni kuzatishni, 

boshqa  shunga  o’xshash  manipulyastiyalarini  kayta  ta’minlashni,  ko’prok  aniq 

ko’rsatuvga erishish uchun hohlagan joyidan to’xtatib va davom ettira olish mumkin 

bo’ladi.  Shunday  qilib,  interfaollik  faqatgina  axborotlarni  passiv  qabul  qilish 

uchungina  emas,  balki  o’rganilayotgan  ob’ektlar  yoki  jarayonlarda  va  virtual 

modellarning o’zaro harakatlarida multimedia modellari xususiyatlarini faol tadqiqot 

qilish uchun xam imkoniyat yaratib beradi.

 

Interfaollik  darajasi  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  ta’lim  jarayoni  ham  shunchalik 



samarali bo’ladi. 

 



58 

 

    Ushbu    zamonaviy  metodlar  yoki  interfaol  usullar,  o’qitishning  samarasini 

oshirishga  yordam  beruvchi  texnologik  trenninglar  o’quvchi  talabalarda  mantiqiy, 

ijodiy,  tanqidiy,  mustaqil  fikrlashni  shakllantirishga,  qobiliyatlarini  rivojlantirishga, 

raqobatbardor, etuk mutaxasis bo’lishlariga hamda mutaxasisga kerakli bo’lgan kasbiy 

fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

 

   Ushbu    o’quv  jarayonini  tashkil  etish  uchun  havola  etilgan  texnologik 



treninglarni  xuddi  shu  tartibda,  o’tkazishlari  shart  emas,  har  qaysi  o’qituvchi  bu 

treninglarni   umumiy  shaklni  olgan  holda  o’zlarining  dars  texnologiyalarini 

yaratishlari,  berilgan  treninglarni  to’liq  yoki  ularning  ba’zi   bir  bosqichlari, 

elementlarni ishlatishlari mumkin.

 

  Biz quyidagi o’qitish jarayonida qo’llash  mumkin bo’lgan ba’zi bir treninglar 



(texnologiyalar)ga  tavsifnoma  berib,  ba’zilarni  o’tkazish  tartibi  to’g’risida  metodik 

tavsiyanoma berib o’tamiz.

 

  “TARMOQLAR” metodi – o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr 



doirasini  kengaytirish,  mustaqil  ravishda  adabiyotlardan  foydalanishni  o’rgatishga 

qaratilgan.

 

   “3x4”  metodi  –  o’quvchi-talabalarni   erkin  fikrlashi,  keng  doirada  turli 



g’oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa 

chiqara olishi,ta’rif bera olishiga qaratilgan.

 

   “BLITS  O’YIN”  metodi  -  harakatlar  ketma-ketligini  to’g’ri  tashkil  etishga 



mantiqiy  fikrlashga,  o’rganayotgan  predmeti  asosida  ko’p,  xilma  xil  fikrlardan, 

ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan.

 

   “INTERVYU”  texnikasi  –  o’quvchi-talaba  savol  berish,  eshita  olish,  to’g’ri 



javob berish, savolni to’g’ri tuzishni o’rgatishga qaratilgan.

 

   “IERARXIYA”   texnikasi  -  oddiydan  murakkabga,  murakkabdan  oddiyga 



o’tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatishga 

qaratilgan.

 

   “BUMERANG”  texnikasi  –  o’quvchi-talabalarni  dars  jarayonida,  darsdan 



tashqarida  turli  adabiyotlar,  matnlar  bilan  ishlash,  o’rganilgan  materiallarni  yoddan 

saqlab  qolish,  so’zlab  bera  olish,  fikrni  erkin  holda  bayon  eta  olish  hamda  bir  dars 

davomida barcha o’quvchi talabalarni baholay olishga qaratilgan.

 

   “TALABA”  treningi  –  o’quvchi-talabalar  bilan  individual  holda  ishlash 




59 

 

o’qituvchi  va  talaba  o’rtasidagi  to’siqni  yo’q  qilish,  hamkorlikda  ishlash  yo’llarini 



o’rgatishga qaratilgan.

 

  “O’QITUVCHI SHAXSI” trening -  o’qituvchi innovastion faoliyatini ochib 



beruvchi  “O’qituvchi  shaxsiga  qo’yiladigan  talablar”  mavzusidagi  mustaqil 

fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali bayon qilishga qaratilgan.

 

  “MULOQOT” texnikasi  o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o’ziga jalb etish, 



dars  jarayonida  hamkorlikda  faoliyat  ko’rsatishga,  uni  tashkil  etishni   o’rgatishga 

qaratilgan.

 

   “BOSHQARUV”  texnikasi  o’qituvchilarni  auditoriyani  boshqarishdagi 



usullari  hamda  o’quvchi  talabalarni  ish  jarayonida  boshqaruv  usullari  bilan 

tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga qaratilgan.

 

 

 




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling