“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
A.Temurning iqtisodiy qarashlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
29
A.Temurning iqtisodiy qarashlari. Amir Temur iqtisodiy g’oyalarining o’ziga xos ulug’vorligi shundaki, ular hayoliy emas, balki real xayotdan kelib chiqqan va unda o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham bu g’oyalar ilgari surilganicha, mana 600 yildan tugashiga qaramay, o’zining amaliy xayotiy ahamiyatini yo’qotmay kelayotir. Amir Temurning iqtisodiy g’oyalari “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan. Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo’l-yo’riqlari o’z ifodasini topgan. Bu asarda iqtisodiyotni tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solib borish, uni barqaror sur’atlar bilan yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar jamlangan. U odamlarga kasb-hunar berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan va tijorat ishlari bilan mashg’ul bo’luvchilarga etarli sarmoya berish, etarli uy-joylar qurib berish haqida qayg’uradi. “Temur tuzuklarida” quyidagilarini o’qiymiz: “Kasb-hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin”, “bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o’z ahvoli va kasbi koriga qarab yo’l ko’rsinlar”, “sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilsin”, “kuchi etmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug’lik va asbob-uskunalar tayyorlab berilsin”, “fuqarolardan uy-joyi buzilib, tuzatishga qurbi etmaganlarga kerakli narsalarni etkazib berib, ularga yordam berilsin”. 1 Amir Temur (1336-1405) iqtisodig’tni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devani buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshoatlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu-tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan. Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining qambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan erlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo’lsa, ularning roziligi bilan ish ko’rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig’sinlar. Fath etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O’sha mamlakatdan tushgan o’lja mollarni hisob-kitob qilsinlar», deb ko’rsatib bergan. Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish quyidagi ko’rinishda bo’lgan: 1 (Temur tuzuklari, 1, 1993, 67-bet). 30 1. Suyurg’ol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday er egalari dehqonlarni ishlatib, er solig’i - xiroj olganlar. 2 Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan. 3. Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlardir. Bundan olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan. 4. Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir erlardir. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi. 5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan erlar. Kimda-kim biron sahroni obod qilsa g’ki qoriz (er osti suvlarnini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa g’xud birorta xarob bo’lib g’tgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga bunday g’ndashuv ishlab chiqarishni rivojlantirishda ijobiy rol o’ynagan. Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, qambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bung’d etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan. Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’rubgacha bo’lgan savdo- sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayg’ etilgan (karvonsaroyda doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan, chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan, aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtig’jni to’laroq qondirish imkonini beradi. A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bag’n etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. 1 Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan: 1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). 2. Ishbilarmon, donishmand odamlar. 3. Xudojo’y, tarkidung’ qilgan kishilar. 4. No’g’nlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar. 5. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq). 6. Maxsus ishonchli kishilar. 7. Vazirlar, sarkotiblar. 8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muxandislar (injenerlar). 9. Tafsir va hadis olimlari. 1 («Temur tuzuklari». Toshkent, 1991). 31 10. Ahli hunar va san’atchilar. 11. So’fiylar. 12. Savdogar va sayg’hlar. Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar xal qiladi deyilgan. Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan. «Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida,-deb o’qtiriladi «Temur tuzuklari»da, - ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni g’zib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-ashg’ni kirim daftariga g’zishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga g’zib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko’rinib turibdiki, hozirgi davr tili bilan aytilganda, hisob- kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj odatda sug’oriladigan erlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor erlarda to’rtdan biriga (25 foiz) teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig’i atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi. A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, - chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo’lga olganda (1401 y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332-1406) asirga tushib qoladi, sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo’yib yuboradi. Dehqonlar, kasb-hunar egalari savdogarlarga o’z ishlarini yuritish uchun urug’, asbob, sarmoya berib, sharoit yaratishga e’tibor berilgan. Ayniqsa, tashlandiq, qo’riq erlarni ochish, qoriz o’tkazish rag’batlantirilgan. Bunday ishlar bilan shug’ullanganlar uch yilgacha soliqdan ozod etilgan (bu tajribadan foydalanilsa arziydi). Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling