“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Taqrizchilar: TDIU "Iqtisodiy tarix" kafedrasi mudiri: i.f.d., prof. A.Razzoqov. TMI, 2003 2 KIRISH Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy fanlar tizimida alohida o’rin tutadi. U iqtisodiy nazariyani to’ldirib borgach, mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi. Adabiyotlarda fanga quyidagicha ta’rif beriladi: iqtisodiy ta’limotlar tarixi turli tarixiy davrlarda olimlarning asosiy iqtisodiy qarashlari tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishining tarixiy jarayonini o’rganadi. Bu shu narsani bildiradiki, iqtisodiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi. Mustaqillikka erishgan jumhuriyatimiz milliy madaniyatining tezkorlik bilan rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo’lish madaniy merosimizni keng va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o’rganishimizni taqozo etadi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari tarixi o’z boshidan turli voqealarni, ko’tarilish va susayish davrlarini kechirgan. Bu darvlar tarixda shubhasiz ma’lum iz qoldirgan. Xususan, madaniyatimiz taraqqiyotida IX-XII asrlar katta rol o’ynaydi. Bu davr O’rta Osiyo xalqlarini dunyo madaniyatida mashhur qildi. Chunki O’rta Osiyo xalqlarining bu davrda qo’lga kiritgan madaniy yutuqlari, ilm-fan sohasidagi yangiliklari dunyo madaniyati ilm-fan rivojining ajralmas halqasini tashkil etadi. 1 XII-XIV asarlarda Italiyada Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur Sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o’rganishga intilish tugaydi. Bu asarlar Evropaga keng tarqaldi. O’rta Osiyo ilm-fan, ma’naviyat, tarixda misli qurilmagan namunalar yaratdi. Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Rudakiy, Buxoriy, Ahmad Yugnakiy, Maxmud Qashg’ariy, Zamaxshariy kabilar shu darv madaniy yuksalishning qoyalari, cho’qqilaridir. Xattoki arab xalifasi Ma’mun O’rta Osiyo 1 M.M.Xayrullaev. O’rta Osiyoda IX – XII asrlarda madaniy taraqqiyot. T., «Fan» 1994. 9-10 betlar. 3 olimlarini xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bag’dod akademiyasining ko’rki bo’lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixdan ma’lum. Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. Jamiyatning rivojlanishida uning roli juda katta. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir bo’ladigan jarayonlarni passiv aks ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko’rsatish yo’li bilan ijtimoiy rivojlanishning tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o’rganiladi. Shu bilan birga shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rilayotgan muammolarning hozirgi kundagi faolligi bilan ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to’la qondira olmaydi, qolaversa bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o’rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to’la hal etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa chiqarish va yangi g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Davlatimiz rahbarining ko’rsatmasi ilm-fanning hamma sohalarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan mo’’tabar ma’naviy ne’matlar va ilmiy qadriyatlarni tadqiq qilib, o’zbek xalqining bugungi avlodiga etkazib berishga da’vat etadi. Tabiiyki, buni milliy qadriyatlaridan biri - tarixiy-iqtisodiy g’oyalar, ta’limotlar, qarashlardir. Buyuk ajdodlarimizning tarixiy-iqtisodiy ta’limotlarini o’rganish, tadqiq etish, ularni bugungi iqtisodiy islohatlarga xizmat qildirish, yosh avlodning iqtisodiy tafakkurini allomalarimiz iqtisodiy merosi ruxida tarbiyalashimiz har qachongidan dolzarbroq bo’lib qoldi. Ma’lumki, zamonaviy iqtisodiy tafakkur, uning tarkibiy qismi bo’lgan bozor iqtisodiyoti ilmni o’rganishda, ayniqsa, davrimiz ruxi talablariga mos keluvchi 4 iqtisodchi kadrlar tayyorlashda “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani o’rni va ahamiyati beqiyos. 1 Iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha mazkur ma’ruza matnida iqtisodiy fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, o’rta asr davridagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa Sharq musulmon dunyosidagi iqtisodiy fikrlar ko’proq ko’rib chiqildi. Shuningdek, ma’ruza matnida klassik iqtisodiy maktab tahlili va §arbiy Evropa iqtisodiy fikrlari keng o’rin oldi. O’rganilayotgan mavzularning mohiyatini yaxshiroq tushunish va olgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bir matndan keyin tayanch iboralari va qo’llanma oxirida test savollari berildi. 1 Q. Yo’ldoshev, Q. Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan. T.,2000, 3-4 betlar . Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling