“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Aristotelning iqtisodiy qarashlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dung’dagi iqtisodiy fikrlarning yirik namog’ndalaridan biri Aristotel (m. o. 384-322 y.) hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Sig’sat» hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Platonga o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari ( mayli u: erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin, g’ki er egalari, chorvador, xunarmandlar, 16 savdogarlar bo’lsin) har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehtig’jlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, iqtisodig’t (ekonomika) va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi. Ekonomika, Aristotel tushunchasi bo’yicha - bu eng avvalo dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi - insonning eng muhim ehtig’jlarini qondirish hisoblanadi, va shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. Xrematistika - bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik ortirish maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad - boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid deb ko’rsatiladi. Shunday kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor», xrematistika esa - «tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda bo’lganligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi doirasida quldorik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik xag’tining eng muhim elementlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo’yicha «haqiqatdan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat go’yoki pul tufayli amalga oshirilishi «Kundalik hag’tdagi» ancha qulay tovar sifatidagi pulning o’zi esa olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan, va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtig’rimizda». Aristotelning ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikki g’qlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu erda gap shundan iboratki, bir joyda ayirboshlash ehtig’jni qondirishda asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda - aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi deyishga asos bo’la oladi. Nihoyat, shu kontseptsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini bir g’qlama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namog’n etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini esa, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni ko’payishini, xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiqot qiladi va pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasini aks ettirishini - ekonomika sohasiga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling