“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


  4. Qadimgi Gretsiya: Ksenafont va Platon


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

14 


4. Qadimgi Gretsiya: Ksenafont va Platon 
iqtisodiy qarashlari. 
 
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlantirildi. Ksenofont, 
Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. 
Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.o. 430-355 y.) 
asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida «Daromadlar 
to’g’risida» va «Ekonomiks» (xo’jalik to’g’risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari 
alohida ahamiyatga ega. 
Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy 
holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya etadi: 
1) Xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afinaga 
kelishini rag’batlantirish; 
2) Kumush qazib olishni kengaytirish
3) Qullar savdosini tashkil etish. 
«Ekonomiks» asarida, hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik 
xo’jaligi iqtisodig’tiga tavsifnoma beriladi. 
Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i deb 
hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, - deb g’zadi u, - boshqa faoliyat turlari 
ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va 
qurg’oqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi». 
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini 
tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday 
g’zadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi g’toq joy, eshik, plug, stol yasaydi, 
ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan 
shug’ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayg’rlashi mumkin emas. 
Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtig’j sezishi tufayli, 
har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar etarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning 
hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning og’q-kiyimini tikadi,
boshqasi esa - xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot
tayg’rlab, boshqasi - charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa - 
ularning hammasini birlashtirib tikib xag’t kechirish uchun xaq topadi. O’z-o’zidan 
ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi 
qilib bajarishga qodir». 
Har qanday tovarning ikki g’qlama xarakterini, ya’ni uning foydaliligini va 
almashuv qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushingan ham Ksenofont hisoblanadi. 
Bundan tashqari, natural-xo’jalik kontseptsiyasi tarafdori va shunga ko’ra 
sudxo’rlikka qarshi bo’lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan 
va unga xos bo’lgan muomala vositasi va jamg’arish vositasi funktsiyalarini ko’rsatib 
bergan. 
Natural-xo’jalik kontseptsiyasi grek mutafakkiri Platonning (m.o. 427-347 y.) 
iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo’lgan. Bu uning «Davlat» va «Qonunlar» 
asarlarida o’z aksini topgan. Birinchisida ideal davlat tuzumi loyihasi shakllantirilgan 
15 


bo’lsa, ikkinchisida real haqiqatga ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» 
asarida ideal ijtimoiy tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta’limotlar tarixiga katta 
hissa qo’shdi. Mazkur asarda ijtmoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyaklarning 
roliga yuqori baho beriladi, negaki faylasuflarni o’z tarkibiga kirituvchi bu toifa 
boshqa bir toifa - harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini 
tashkil etgach, olimning fikriga ko’ra, butun jamiyatni boshqaradi. Bunda faylasuflar 
ham, harbiylar ham xech qanday mulkga egalik qilmaydilar (davlat manfaatlari 
yo’lida chalg’ib ketmaslik uchun); ularning moddiy ta’minotini tekischilik printsipi 
asosida davlat o’z zimmasiga oladi. Barcha xo’jalik ishlari, shu jumladan mulkka 
egalik qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan-er egalari, 
savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar - erkin fuqarolar mulki, va 
shuning uchun «Davlat» muallifi tomonidan ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda davlat 
ta’minotida bo’lgan, ya’ni yuqori toifali «fuqarolarning» moddiy ta’minoti 
to’g’risidagi oldin ilgari surilgan g’oyalar rivojlantirilgan. Bu erda faylasuf 
tekischilik printsipdagi jamiyat tuzilishining ayrim sotsial-iqtisodiy elementlarning 
tavsifini boshqalardan oldin ko’ra bilgan. Xususan, barcha fuqarolar, Platon fikricha, 
ideal davlatda (qur’a bo’yicha) uy-joy, er olishlari mumkin. Buning ustiga er faqat 
unga egalik qilish va undan foydalanish huquqi bilan (ya’ni to’la bo’lmagan mulk 
huquqi) berilgan bo’lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga aynan 
shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo’lgan. Fuqarolar umumiy 
mulkining qimmati to’rt martadan ko’p farq qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o’xshashlik mavjud: davlatni boshqaruv 
apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada) oltin va kumushga ega 
bo’lishlari va sudxo’rlik bilan shug’ullanishlari mumkin emas. U xuddi Ksenafontga 
o’xshab, dehqonchilikni iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq deb hisobladi, 
hunarmandchilik va savdoni jamiyatda uncha e’tiborli bo’lmagan mashg’ulotlar 
turiga kiritdi. 
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo’lib bahoning asosi va 
darajasi to’g’risidagi savolni o’rtaga tashladi. Uning fikricha baho davlat hokimiyati 
tomondan tartibga solinib turilishi kerak, bundan tashqari, asos qilib shunday baho 
olinishi kerakki, u o’rtacha foyda olishni ta’minlasin. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling