“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


  3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

12 


3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. 
 
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.o. 551-479 y.) alohida o’rin 
tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari g’zib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat 
va muloxaza») to’plamida aks ettirilgan. U ijod etgan davrlarda yirik zodagonlar
amaldorlar obro’si pasayib, jamiyatda ma’lum bir parokandalik xukm surmoqda edi. 
U bunday vaziyatda chiqish, jamiyatni sog’lomlashtirish, zodagonlar manfaatlarini 
himoya qilishga qaratilgan ilmiy g’oyalarni ilgari surdi. Uning fikricha, kelajakni 
yaxshilash uchun o’tmishni, tarixiy o’rganish lozim. 
Kun-Tszi ta’limoti uning shogirdlari -Ken Tszi (312-289 y.y.) va Syun-Tszi 
(313-278 y.y.) tomonidan rivojlantirildi.
1
 Ushbu ta’limotda yoshlarga nasihat, vasiyat 
o’z ifodasini topgan bo’lib, unda yoshlarning qarilarga qarshi chiqmaslik, ularni 
qattiq hurmat qilish g’oyasi yotadi. Kinfutsiychilik qarashlari bo’yicha davlat katta 
qiladirpodsho esa «xalqlar otasidir», boyliklar esa hammaniki bo’lib, tekis 
taqsimlanishi zarur, soliqlar jarayonida bo’lishi, odamlar er bilan ishlashni yaxshi 
o’zlashtirgan bo’lishlari, hamma o’z vazifasini vijdonan, sidqidildan bajarishi lozim. 
Shunda jamiyat rivoj topadi, odamlar yaxshi xayot tarziga erishadilar. Kinfutsiychilik 
o’tmishni qadrlashni bosh vazifa deb qaradi. Uning fikricha mehnat ham kishilarning
ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar 
jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq 
qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi. Konfutsiy
aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini qo’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» 
tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan, 
«oddiy» kishilar shug’ullanadi deb qayd qilib o’tadi. 
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon xukmdor - u «xalqning otasi», «to’g’ri 
amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning 
tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, ammo shu 
bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan 
xurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burch to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi 
do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu 
narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda 
ustalik bilan xo’jalik yuritilsa «xalqda hamma narsa muhayg’ bo’ladi». 
Xitoyda milodiydan oldingi IV-III asrlarda mualliflar birgaligida g’zilgan asar 
«Guan-tszi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, 
garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda 
oltin marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; shunga o’xshash eng avvalo 
moddiy boyliklar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin 
davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq 
ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy 
rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi
tartiblanib turilsa, o’sha erda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. 
1
Q.Yo’ldoshev, Q.Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tirixidan T., 2000., 26 bet. 
13 


Iqtisodig’tni tartiblab turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil 
etishni, er egalariga imtig’zli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni 
o’zgartirishni, ya’ni tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. 
«Guyan-tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xoxlaganlar. 
Asarda er va suvlarni davlat ihtig’riga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida 
foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga moliq 
iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling