Ko’chmanchi chorvador elatlar siyosiy hayoti to’g’risidagi ba’zi mushohadalar


Download 73 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi73 Kb.
#1112408
  1   2
Bog'liq
Кўчманчи чорвадор элатлар сиёсий ҳаёти тўғрисидаги баъзи мушоҳадалар. эски


Ko’chmanchi chorvador elatlar siyosiy hayoti to’g’risidagi ba’zi mushohadalar.
Botirova Nafosat – UrDU 2 – bosqich Tarix mutaxassisligi magistranti.
Maqolaning qisqacha mazmuni:
Mazkur maqolada ko’chmanchi – chorvador qabilalarining siyosiy hayoti va ularda davlatchilik shakllanishi muammolari hamda bu masalada tarix fanida mavjud qarashlar va g’oyalar to’g’risida so’z yuritilgan.
Annotatsiya:
V etom stat’e proanalizirovana politicheskiy jizn’ i problema preobrozovaniya gosudarstvennosti v kochevix – skotovodcheskix plemenax i imeyushiesya vzglyadi i idei v etom istoricheskom voprose.
Summary:
This article discussespolitical lives of nomadic cattle breading tribes and some problems in formation of their state system. This article also discusses views and ideas about this matter in the science of history.


Kalit so’zlar: ko’chmanchi chorvadorlar qabilalari, qabila konfederatsiyalari, ko’chmanchilarda davlatchilik, oqsoqollar kengashi, xususiy mulkchilik, tabaqalashish jarayoni, dinastlar, saklar, massagetlar, Gerodot, B.I. Vaynberg, M.A. Itina, V.M.Masson, A.I. Pershits, A.M.Xazanov, I.V. P’yankov, Yu.V.Pavlenko.
1937-1940 yillarda S.P. Tolstov raxbarligidagi Xorazm ekspeditsiyasi hodimlari quyi Amudaryo, Sariqamish bo`yi havzalarida olib borgan arxeologik tadqiqotlari davrida qadimgi davr ko’chmanchi qabilalarga oid bir necha yodgorliklarni ro`yhatga oldilar.
B.I. Vaynberg Sariqamish bo`yi havzasida chorvadorlar xo`jaligi tarixini o`rgandi. Quyisoy chorva madanyati tarixiga oid bir necha maqolalar e`lon qilingan. Ularda Quyisoyliklar turmush tarzi, moddiy va ma`naviy madanyati tahlil qilingan. B.I. Vaynberg Quyisoyliklarning kelib chiqishi to`g`risida fikr bildirib, ushbu qabilalar mahalliy ekanligiga urg`u bergan edi1. Tadqiqotchi keyingi moqolasida Quyisoyliklarni shimoliy Erondan kelgan degan fikrni ilgari surgan2. Tadqiqotchi bu fikr- mulohazalasi tadqiqotchilar o`rtasida munozaraga olib keldi. Xorazm ekspeditsiyasi a`zosi M.A. Itina birinchilardan bo`lib, tadqiqotchi fikriga o`z mulohazasini ilgari surgan, ya`ni Quyisoyliklar mahalliy sak qabilalaridan biri bo`lgan degan xulosaga kelgan3. Quyisoyliklar uy joylari yerto`la shakldaligi Amirobodliklar an`analari davom etganligini izohlaydi. Agar qabilalar janubdan ko`chib kelganda edi, maskan va uy-joylar loy me`morchiligi asosida qurilgan bo`lardi. Shu ma`lumotlardan kelib chiqib, M.A. Itina fikrini qo`llab-quvvatlash mumkin. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari havzalari va tog` oldi hududlarini chorvadorlar bilan to`lganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur hududlarda yerto`lali chaylalar va mozor-qo`rg`onlar ko`plab topilgan. Masalan L.M. Levina tadqiqotlari natijalari asosida nashr qilgan monografiyasida Sirdaryoning shimoliy havzasida chorvadorlar mudofaa tizimiga ega bo`lgan qalalarda yashab, chorvachilikni rivojlantirgan. Mazkur chorvadorlar madanyati “Jetiasar” nomi bilan ma`lum4. M.I. Itina tadqiqotlari natijalariga bag`ishlangan Chorvadorlar madanyati Chirikrabot misolida o`rganilib, uning tarixi yoritilgan edi5.
Ko’chmanchi qabilalarning nafaqat ijtimoiy – iqtisodiy hayoti mavzusi, balki siyosiy hayoti hamda ulardagi davlatchilik masalasi ham sust yoritilgan mavzulardandir. Bu borada ko’pgina olimlar tadqiqotlar olib borsada, bu masalada hali yagona to’xtamga kelinmagan. SHu bilan birga sobiq sovet davrida davlatchilik masalasiga bir tomonlama va mustamlakachilik ruhi nuqtai – nazaridan yondashilganligi ham bu muammoni to’la – to’kis yoritish imkonini bermagan. Jumladan, sobiq sovet davrida V.M.Masson Ahamoniylargacha bo’lgan O’rta Osiyoning siyosiy xaritasini tahlil qilar ekan, ko’chmanchilar davlatchiligi haqida quyidagicha farazni bildiradi: “Baqtriyada yirik siyosiy birlashma (davlat) bo’lgan, uning madaniy va siyosiy doirasi Marg’iyona, mumkinki, Ariylar va So’g’diylargacha yoyilgan. Ikkinchi siyosiy kuch ko’chmanchilar dunyosidir. Ularning har xil konfederatsiyasi bo’lgan va turli ko’chmanchi qabilalarni birlashtirib turgan. Mil. av. VI asr o’rtalarida gegemonlik rolini massagetlar bajargan”6.
Ko’chmanchilar dunyosida ilk tabaqaviy va mulkchilik munosabatlari va davlatchilikning rivojlanishi to’g’risida fanda har xil g’oyalar kurashi mavjud. A.I. Pershits va A.M.Xazanovlar, “ko’chmanchilar o’z holicha faqat ilk sinfiy munosabatlar darajasigacha o’sishi mumkin. Keyingi rivoji faqat qo’shni dehqon va shahar jamoasi ta’sirida rivojlanadi” degan bo’lsa7, Yu.V.Pavlenko, “ko’chmanchilar dunyosi o’z holicha, ya’ni tsivilizatsiyalashgan qo’shni jamoalardan tashqarida rivojlanganda, ularga bo’ysungan dehqon va shahar jamoalari bo’lmaganda, ulardan soliqlar yig’ilmaganda va nihoyat ularning bir guruhi o’troqlashmaganda, o’troqlashgan hududlarda shahar madaniyatining paydo bo’lishi jarayonlari kechmaganda ko’chmanchilar jamoasi hattoki ilk sinfiy munosabatlar darajasiga ham chiqa olmagan bo’lardi”, deb hisoblaydi8.
Bu fikrlar ko’chmanchi xalqlar yaratgan moddiy madaniyatga e’tiborsizlik va ularning yashash tarzini yaxshi anglamaslik natijasida paydo bo’lgan. Ishlab chiqarishning asosi dehqon jamoalarida yer, shaharda hunarmandchilik bo’lgan bo’lsa, chorvador-ko’chmanchi qabilalarda chorvachilik hisoblanadi. Albatta, chorva shaxsiy mulk hisoblanadi. CHorva mollarini boqadigan yaylovlar jamoa taraqqiyotining ilk bosqichlarida umumiy bo’lgan. Lekin, chorva mollari sonining oshishi natijasida yaylovlar ham qabila yoki qabila ittifoqchilari o’rtasida bo’lina boradi. Suv havzalari mollarni boqish va ko’paytirish uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Yaylovlarni, mollarni, suv havzalarini qo’riqlash uchun esa qurollangan qo’riqchilar yoki jangchilar to’dasi vujudga keladi.
Ko’chmanchi jamoalarda ko’proq ikkita ijtimoiy qatlam kuzatiladi. Bular katta chorvaga ega bo’lgan hukmdorlar va ular xizmatida bo’lgan kambag’al jamoalardir9. Markaziy Osiyo ilk ko’chmanchilarining oilaviy munosabatlari va ijtimoiy tabaqalanishi masalalari «Avesta»da, antik davr tarixchilari, jumladan Gerodot asarlarida o’z aksini topgan10.
I.V. P’yankov ma’lumotlariga ko’ra, antik davr tarixchilari O’rta Osiyo ko’chmanchilarini quyidagicha tasavvur etgan: O’rta Osiyoning g’arbida cho’l va dasht qismlarini "Massaget" ("Derbik") qabilalari ..., sharqida tog’ va dasht qismlarida "Sak" qabilalari ..., Tanais (Sirdaryo) bo’ylari va uning nariyog’ida "Dai"lar istiqomat qilishgan11.
Gerodot: "Massagetlar oddiy kishilar, fors to’kin-sochinliklaridan bexabar", deb yozgan bo’lsa, Arrian "... o’ta qashshoq holda yashaydi, kambag’al va haqparvar kishilar, yagona yutug’i yoy va o’q, ovqati go’sht va sut, kiyimlari teridan, hukmdorlari ham, oddiy kishilari ham baravar, mehmondo’st, tinchlikparvar va ozoddir, deydi.
Sak qabilalari to’g’risida ham shunga o’xshash ma’lumotlar bor. “Qishloq va shaharlari yo’q. Aravada yashashadi, faqat chorvachilik bilan shug’ullanadi”. Ktesiy esa saklarning dehqonchilik bilan shug’ullanishi va oz bo’lsa-da, shaharlari borligi xususida yozgan12.
O’rta Osiyo ko’chmanchilarining siyosiy hayoti to’g’risida quyidagicha ma’lumotlar bor: har bir ko’chmanchi qabilalarning boshida shoh yoki malika turadi. Massagetlarda malika Tomiris; saklarda malika Zarina, shoh Amorg, shahzoda Sparetra (Mavak) va boshqalar. SHoh yoki malika urush vaqtida qo’mondonlik qilgan, boshqa qabila shohlariga tinchlik yoki ittifoq to’g’risida elchilar yuborgan. SHohlik avloddan avlodga o’tgan. Ktesiy ma’lumotlariga ko’ra, saklar o’lgan shohlarga katta qo’rg’on-qabrlar qurgan. Qabrlar uchburchak shaklda bo’lib, uchi balandga qaragan. Tomonlari 3, balandligi 1 stadiy. Bu piramidalar oltin taqinchoqlar bilan bezatilgan13.
Bu ma’lumotlar ko’chmanchilarda kuchli tabaqalanish bo’lganligini ko’rsatishi bilan birga, ularda hech bo’lmaganda qabila ittifoqlari shaklidagi ilk davlatchilik belgilari bo’lganligini ko’rsatadi. SHu bilan birga Gerodotning Kir II ning massagetlar ustiga yurishi voqeasi bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlari ham diqqatga sazovor. Unda massagetlar Kir II ning eng asosiy raqiblari Bobil va Misr kabi davlatlar bilan bir qatorda eslatilib, ularning bo’ysundirilishi qanday ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, massagetlarni bo’ysundirish masalasi ham shular qatori hayot mamot masalasi bo’lganligi ta’kidlanadi. Demak, Gerodot eslatib o’tgan massagetlar qabilasi qabilalar ittifoqi darajasida bo’lib, davlat tizimiga deyarli yetib kelgan va To’maris bejiz ularning malikasi deb eslatilmagan.
O’rta Osiyo ko’chmanchilari siyosiy hayotida muhim rol’ o’ynagan xalq yig’ini to’g’risida ham I.V. P’yankov ma’lumotlar to’plagan. Xalq yig’inida barcha qurolli jangchilar qatnashgan. Yig’inda urush yoki sulh masalalari hal qilingan. Agar urush to’g’risida bitimga kelinsa, hamma jangga otlangan. Yozma qonunlar to’g’risida gapirish noto’g’ri bo’lsa-da, derbiklarda yengil jinoyatlar uchun ham o’lim jazosi berilganligi to’g’risida ma’lumotlar bor14.
Manbalardagi ma’lumotlardan O’rta Osiyoning ko’chmanchi aholisi o’rtasidagi ijtimoiy tabaqalanish to’g’risida ham mushohada qilsa bo’ladi. Jumladan, massagetlarda otliq qo’shin va piyoda askarlar bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Piyoda askarlar kambag’al tabaqani anglatsa, jangovar kiyimlari oltin taqinchoqlar bilan bezatilgan, to’liq qurol-aslahaga ega bo’lgan, otlari ham bezatilgan otliq askarlar esa yuqori tabaqani anglatadi. Manbalarda hukmdor so’zini bildiruvchi “dinast” termini ham uchraydi. Dinastlar o’z qo’shinini tuzishi, jangga chiqishi va shu yo’l bilan o’z hududini kengaytirishi va boyligini oshirishi mumkin bo’lgan. SHu ma’noda manbalarda sak xukmdorining 30.000 bosh moli bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar bor15. Albatta, shuncha molni qaram kishilarsiz yoki xizmatkorlarsiz boqib bo’lmaydi.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling