Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 29.5 Kb.
|
1-Amaliy dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar Fiziokratlar
- Keynschilik
- Monetarizm
- Avesto”
- Muhokama uchun savollar
1-Mavzu: Fanga kirish. Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Darsning maqsadi: Talabalarga “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining ahamiyati, zarurligi, fanning predmeti va o‘rganish usullari, asosiy xususiyatlarini, Olimlarni fikirlarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar berish. Tayanch tushunchalar Fiziokratlar — jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar. Klassik siyosiy iqtisod - boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi. Keynschilik — rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Neoliberalizm - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi. Monetarizm —iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. Institutsionalizm- tarafdorlari fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta'sirida vujudga keladi. “Avesto”- Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. “Artxashastra”- , «artxa» so‘zi - foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. «Mesopotamiya» - yunoncha so‘z bo‘lib, «ikki daryo oralig'i» ma’nosini bildiradi. Xrematistika bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Muhokama uchun savollar Nisbiy va absolyut yondashuvlar iqtisodiy ta'limotlar tarixi faniga qanday ta’sir ko‘rsatgan? Noortodoksal va ortodoksal iqtisodchilaming g‘oyalarini o‘rga- nish nima sababdan muhim? Pozitiv, normativ va iqtisod san’ati orasidagi farqni muhokama qiling. 4. Iqtisodiy ta'limotlar tarixini o‘rganishning qanday yaxshi taraflari mavjud? 5. Nima sababdan hozirgi zamon Xitoy iqtisodchisi uchun Adam Smitni o‘rganishdan ko‘ra Guan Tszini o‘rganish zarur bo‘lishi mumkin? Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, sotsiologik va psixologik jihatlarini umumiy jamiyatdan ajratishni to‘g‘ri, deb o'ylaysizmi? Samaradorlikning qaysi jihatlari ayrim yunon mutafakkirlarini qiziqtirdi? Iqtisodiy faoliyatning to‘g‘riligi bo‘yicha Aristotelning qarashlari qanday bo‘lgan? 0‘z iste'molingiz tarkibini baholash uchun Aristotelning ehtiyoj bilan talablar o‘rastidagi farqdan foydalaning. Feodal jamiyati bozor iqtisodiyoti jamiyatidan qanday farq qiladi? Platon, Aristotel va Avliyo Tomas Akvinskiy qarashlarida xususiy mulkning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qanday farqlar mavjud? Ulaming qarashlarini taqqoslang. Sudxo‘rlik konsepsiyasining rivojlanishini tushuntirib bering va bu g‘oyadan qay tarzda bizning jamiyatimizda hamon foydalaniladi? Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling