Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga kirish Reja: Iqtisodiy ta’limotlar tarixi kursining predmeti va uslubi


Download 56.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi56.91 Kb.
#1508339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixiga kirish

merkantilizm vujudga 
keldi. Merkantilizm to'g'risida qisqa ma'lumot 
beradigan bo'lsak, uning mohiyati iqtisodiy 
siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida 
nodir metallarni ko'proq to'plash, ta'limotda 
esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi 
iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya'ni avvalgi 
davrdagi g'oyalardan keskin farq qiladi.


• Keyingi muhim o'zgarish, bu klassik iqtisodiy 
maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu 
iqtisodiy ta'limot ichida fiziokratizm ham 
vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq 
bo'lmadi. Klassik maktab g'oyalari hozirgi 
davrda ham turli shakllarda qayta namoyon 
bo'lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). 


• Marks nomi bilan bog'liq bo'lgan marksizm 
ta'limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda 
muhim o'rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu 
ta'limot to'g'risida imkoni boricha 
gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat 
kuchayib bormoqda, ko'proq uning faqat 
salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. 
Bunda «jon» bor albatta, chuni 1917 yili 
Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga 
tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. 


• Keyinchalik shu yo'lga o'tgan bir qancha 
mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz 
yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu 
saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab 
o'tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. 
Darslikda xayoliy soцialistlar va 
markschilarning iqtisodiy g'oyalari ham o'rin 
olgan, uning tarixiy taqdiri berilgan.


• XIX asr 2-yarmida avvalgi g'oyalarga 
marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan 
va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb 
ataladigan ta'limot hozirgi zamonning asosiy 
iqtisodiy g'oyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham 
alohida ta'kidlab o'tish kerakki, biror ta'limot 
doimo sof holda amalda deyarli qo'llanilmaydi. 


• Har bir ta'limotning ko'plab turli oqim va yo'nalishlari 
mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari 
deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining 
unsurlari, ular o'rtasidagi nisbat ham doimo o'zgarib 
turadi. Demak, iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanining 
muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo 
harakatda, o'zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir 
mamlakat chegarasida iqtisodiy ta'limot ta'siri ostida 
iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo'lishi kerak. 


• 90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat 
qayd etilmoqda. Bu «soцialistik» deb atalgan 
va iqtisodiyoti ma'muriy-buyruqbozlikka 
asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) 
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish 
davri amalga oshmoqda (
Download 56.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling