Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga kirish Reja: Iqtisodiy ta’limotlar tarixi kursining predmeti va uslubi


Download 56.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi56.91 Kb.
#1508339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixiga kirish

Iqtisodiy ta'limotlar tarixini o'rganishda 
ma'lum davrlash tizimidan foydalaniladi. 


• Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda 
iqtisodiy g'oyalar o'z davri va vujudga kelish 
joyining mahsuli bo'lib, ular bilan 
chambarchas bog'langandir; bu g'oyalarni ular 
tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil 
ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu 
dunyo esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu 
g'oyalar o'z maqsadlariga to'la javob berishni 
ko'zlasalar, doimo shunga mos ravishda 
o'zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.


• Kapitalizm davrida xo'jalik va ijtimoiy hayotda 
baynalmilallik (internaцionalizm) ko'chayganligi 
tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona 
jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik 
iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning 
qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma'lum 
bo'ldi, vaholanki undan avvalgi ko'pgina nazariyalar 
ayrim mamlakatlarda ko'pchilikka ma'lum 
bo'lmasdan «o'lik mol» sifatida yotgan.


• Farb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va 
boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e'tiborini jalb 
qilmoqda. 
• Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman 
iqtisodiy g'oya, qarash, konцepцiya, nazariya, 
ta'limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning 
barchasini to'la o'rganish alohida mavzu, maxsus 
muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib 
borish, tahlil etish va umumlashtirib e'lon qilish zarur, 
bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi 
mumkin.


• Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha 
iqtisodiy g'oyalarni ma'lum sistemaga solish va 
shu asosda o'rganish maqbuldir. Ammo o'tgan 
davr hodisalari va g'oyalarini hozirgi zamon 
qarashlari «qolipi»ga zo'rma-zo'raki 
kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu 
tarixni vulgar zamonaviylashtirishga
o'rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor 
etishga olib keladi.


• Bu fan doim rivojlanishda bo'lib, bir-birini 
to'ldiruvchi evolyuцion (mavjud g'oyalarning 
yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy 
(butunlay yangicha konцepцiyalar vujudga 
kelishi) yo'llari mavjud. Inqilobiy o'zgarishga 
misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari 
g'oyalari, marjinalistik to'ntarish, yangi klassik 
yo'nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy 
qarashlarini keltirish mumkin. 


• O'tish davri iqtisodiyoti bo'yicha g'oyalar hozirgi 
davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi va 
nihoyatda dolzarbdir, bu masala O'zbekiston misolida 
qarab chiqildi.
• Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) 
«Qaerga borishimizni bilish uchun, qaerdan chiqqan 
ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu 
g'oya nihoyatda ahamiyatli bo'lib, bosib o'tilgan yo'lni 
to'g'ri baholash va kelajak istiqbolni ko'zlash haqida 
gap boradi.


• Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g'oya -
jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi 
masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo'llar 
nihoyatda xilma-xil ekanligini ko'ramiz. Ilk kapitalistik 
munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) 
bo'lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, 
barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida 
mehnat va er boylikning asosiy vositasi ekanligi turli 
yo'llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish 
sohasi asosiy deb hisoblangan.


• XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) 
yangi iqtisodiy ta'limot - 
Download 56.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling