Iqtisodiy ta'limotlar


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Institutsionalizm paydo bo`lishining shart-sharoitlari. 
2.Institutsionalizmning 
mohiyati 
va 
o`rganish 
metodologiyasi 
nimalardan iborat? 
3.Uning asosiy oqimlari va mafkurachilari kim? 
4.Institutlar deganda nimalar ko`zda tutiladi? 


292 
5.T.Veblenning asosiy asaridagi g`oyalar, "Veblen effekti" nimani 
anglatadi? 
6.J.Kommonsning asosiy g`oyalari, hukumatni isloh qilish islohotlari 
mohiyati nimadan iborat? 
7.Ma'muriy kapitalizm nima?
8.Konyuktur - statistik oqimning mohiyati, U.Mitchell g`oyalarining 
asosi nimani anglatadi? 
9.N.D.Kondratyevning siklik rivojlanishi konsepsiya nima? 
10. Institutsionalizmning evolutsiyasi davridagi olimlar va ularning 
g`oyalari. 


293 
Geraklit: - Bir havuzga ikki marta tushib bo`lmaydi! 
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikan? Axir bu gigiyena jihatidan 
noto`g`riku! 
Geraklit: - Bir hovuzga ikki marta tushib bo’lmaydi! 
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikin? Axir bu gigiyena jihatidan 
noto`g’rik-ku! 
Falsafiy dialog. 
 
17-BOB. MUKAMMAL BO`LMAGAN 
RAQOBAT BOZORI TA'LIMOTLARI 
17.1. Nomukammal bozorning xususiyatlari 
XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot 
tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQSHda yaqqol ko`zga 
tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-fritredolik, davlatning 
iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo`ydi. 
Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy 
inqirozining keltirish mumkin. 
Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning "bozorlar qonuni" hamma yerda 
tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo`lsa, bu davrda uning ahamiyati 
pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institutsionalizm, keyin 
neoklassiklar tomonidan tadqiqot obyekti qilib olindi. 
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori 
E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug`ullandi. 
1933 yili amerikalik E.Chemberlin o`zining "Monopolistik raqobat 
nazariyasi", ingliz J.Robinson xonim esa "Nomukammal raqobatning iqtisodiy 
nazariyasi" asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor 
etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama 
chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha, bozor bahosi bozor 
ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar 
mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) xaridorlarni bu tovarlar bahosi 
to`g`risida to`liq informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda 
raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning buzilish 
sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi "kategoriya" va "qonun" lardan 
izlaydilar. Institutsional yo`nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat 
iqtisodiy o`sishga avvalo "inson omili"ning ta'siri oqibatidir. Bu esa jamiyat 
rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-
psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir. 


294 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling