Iqtisodiy ta'limotlar
J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
17.3. J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971 yillar shu universitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki asari "Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi" 1933 yili, ya'ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g`oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni buzadi va nomukammaldir (Chemberlinda- monopolistik). Dastlabki vazifa: o`z mahsulotiga ega bo`lgan ishlab chiqaruvchi monopolistik baholar belgilanishining mexa-nizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o`rnatgan shu bahoda xaridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o`rnatiladi. Ammo, Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha, nomukammal raqobat tufayli, avvalo raqobatli xo`jalik tizimi normal muvozanat holatining butunlay buzulishi va yo`nalishi, Hatto yollanma 298 mehnatning "ekspluatatsiya"sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog`liqdir deb qaragan. Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil sifatida qaraydi. Asardagi asosiy g`oyalar quyidagilardan iborat. Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq manfaatdor bo`ladilar. Chunki, nomukammal raqobat sharoitida ayrim firmalar optimal ko`rsatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam samara bilan) faoliyat ko`rsatadilar, shu sababli monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o`z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina ega bo`lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish yo`li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishi mumkin. Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o`xshash boshqa maxsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda, differensiatsiya ro`y beradi; boshqa qo`shimcha sharoit ham zarur unga ko`ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo`lgan ko`rsatgichlar bilan xarakterlanishi kerak. Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan raqobat qiluvchi cheksiz ko`p xaridolardan emas, balki ayrim yakkayuyagona xaridorlar birlashmasidan iborat bo`lgan holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo`lishi mumkindir. Bu sharoit talab konsentratsiyasi bo`lib bozorda ko`p sonli mayda sotuvchilar va yakkayu- yagona xaridor faoliyat ko`rsatadi. Bu holatni monopsoniya, ya'ni xaridor monopoliyasi deyiladi. Yuqorida barcha g`oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi paydo bo`lishiga yordam beradi. Bu xolat avval o`zaro raqobatlashgan kupgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo`lishi bilan yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (ko`rsatkichi) ning yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy g`oya bo`lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to`g`risidagi optimistik fikricha qarshidir. Ishlab chiqarishning monopolizatsiyasi muammosi bilan "samaradorlik yoki adolat" degan dilemmani (ya'ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling