Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- 19-BOB. NEOLIBERALIZM 19.1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari
Asosiy tushuncha va iboralar
Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; "Umumiy nazariya...", aralash iqtisodiyot; psixologik qonun; bandlik, milliy daromad, investitsiya; foiz, likvidlik; multiplikator; keynschilik; AQSHdagi keynschilik; akselerator; Fransiya keynschilari; indikativ rejalashtirish. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.1Keyns ta'limotining mohiyati, "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asari to`rsida nima bilasiz? 2.Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak? 3.Keyns ta'limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan? 4.Keynsning "psixolok qonuni" nimani anglatadi? 5.Investitsiya, multiplikator koeffitsienti nima? 6. Foiz , likvidlikning mohiyati nimada? 7. Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday? 8. Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima? 9. Domar- Xarrodning iqtisodiy o`sish nazariyalari nimani bildiradi? 10.Keyns ta'limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat? 313 Pul bo`lsa, changalda sho`rva. Maqol. 19-BOB. NEOLIBERALIZM 19.1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqti- sodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqti- sodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberal- izm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo`llaydi. Keynschilik model- larida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va xar- idlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo`yicha davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o`nta keng qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamo- madi va inflatsiyaga olib kelishida ko`rinadi. Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi. XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britani- ya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angli- yada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "mone- tar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.). Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq 314 yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqti- sodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neolib- eral umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling