Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Asosiy tushuncha va iboralar 
Keyns; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi; "Umumiy nazariya...", 
aralash iqtisodiyot; psixologik qonun; bandlik, milliy daromad, investitsiya
foiz, likvidlik; multiplikator; keynschilik; AQSHdagi keynschilik; akselerator; 
Fransiya keynschilari; indikativ rejalashtirish.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.1Keyns ta'limotining mohiyati, "Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi" asari to`rsida nima bilasiz? 
2.Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak? 
3.Keyns ta'limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan? 
4.Keynsning "psixolok qonuni" nimani anglatadi? 
5.Investitsiya, multiplikator koeffitsienti nima? 
6. Foiz , likvidlikning mohiyati nimada? 
7. Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday? 
8. Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima? 
9. Domar- Xarrodning iqtisodiy o`sish nazariyalari nimani bildiradi? 
10.Keyns ta'limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat? 


313 
Pul bo`lsa, changalda sho`rva.
Maqol. 
19-BOB. NEOLIBERALIZM 
 
19.1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari 
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va XX 
asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil 
qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqti-
sodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan 
erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqti-
sodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberal-
izm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo`llaydi. Keynschilik model-
larida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va xar-
idlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo`yicha davlat chora-
tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o`nta keng 
qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamo-
madi va inflatsiyaga olib kelishida ko`rinadi. 
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish 
prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat 
tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni 
boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida 
bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek 
"Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" 
amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, 
tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni 
saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi. 
XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash 
maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 
2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda 
kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britani-
ya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. 
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angli-
yada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - 
V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "mone-
tar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, 
A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va 
b.). 
Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar 
J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq 


314 
yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 
yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro 
ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman 
kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqti-
sodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar 
neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neolib-
eral umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat 
qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari 
tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda 
xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat 
yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina 
qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling