Iqtisodiy ta'limotlar


Neoliberalizmning boshqa oqimlari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari 
M.Fridmen


318 
F. Fon Xayek 
 
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy 
namoyan-dasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Ludvig 
fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix 
Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Avstriya mak-
tabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan 
boshqaruvga asoslangan sotsialistik xo`jalik va hukumat 
tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi 
mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks et-
tirmaydi. Uningcha, sotsializmning "tartibga solinadigan 
iqtisodiyot"i rejalarni o`zboshimchalik bilan tuzadigan 
tashkilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro`y beradi. Yagona 
oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin al-
mashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari 
quyidagilar: "Liberalizm", "Insoniy harakat: iqtisodiyot to`g`risidagi traktat", 
"Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy faoliyatini Angliyada 
ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati bo`lgan. 
U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor 
baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkahokimlikka, iqtisodiy qullikka 
olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tizimining "aralash" va "buyruqbo-
zlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya 
deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor etadi
davlat iqtisodiyotining sotsialistik g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va 
o`z tabiatiga ko`ra halokatli ekanligini ta'kidlaydi. 
Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi tanish 
bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberalizmga 
asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi Ludvig 
Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bozor 
xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni GFRda 
kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning asosiy qoidalari 
quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin raqobat, talab va tak-
lifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo`jaligida shu 
shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi 
kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning 1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun fa-
rovonlik" kitobida ifodalab berilgan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken 
(1891-1950), shveysariyalik V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni 
"o`rta yo`l" ta'limotiga asos solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti 
hisoblanadi. Ular "insonparvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida 
fikr yuritadilar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling