Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
310 18.3. Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o`sish nazariyalari 50-yillarda keynschilik g`oyalari rivojlantirilib, yangi g`oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o`sish sur'atlari doimligini ta'minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda "mulsipirikator-akselerator" sistemasini hisoblashga asoslangan va o`ziga xos keynschilikning o`sish nazariyalari, jamg`arish va iste'mol o`rtasidagi o`zoro bog`lanish xarakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o`sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Yevsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo`'tadil) sur'atlarda o`sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to`la foydalanishga erishish mumkin. Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo`yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamg`arma hissasi va kapital quyilmalarning o`rtacha samaradorligi uzrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinomik barqarorlik va doimiy o`sishga erishish avtomatik ravishda bo`lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya'ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro`y berish mumkinligini ta'kidlaydilar. Domar va Xarrod modellaridagi farq-boshlang`ich pozitsiyalardagi ayrim ko`rsatkichlardir. Masalan, Xarrod medelida investitsiya va jamg`armalar tengligi g`oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o`sishini ta'minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa ko`zda tutiladiki, o`sishi bandlikka yordam beradi, bu esa o`z yo`lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so`zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo`yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg`armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog`liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o`sishi, baholar darajasi o`sishiga sabab bo`ladi, jamg`armalar o`sishi esa korxonalarning to`la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling