Iqtisodiy ta'limotlar


J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

18.1.J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti 
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning dam-badam 
takrorlanishi tufayli ko`pgina "kapitalizmni tartibga solishga" oid iqtisodiy 
g`oyalar soni ko`paydi. Ana shunday yo`nalishning yorqin tarafdori bo`lib 
ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, 
davlat arbobi bo`lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va 
matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall qo`lida o`qidi (1902-1906, 1909-1915 
yillarda o`qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor
1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo`lib ishladi. 1909 yil "Indeks 
uslubi" iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - "Pul muomalasi va 
Hindiston moliyasi" kitobi chop etildi. 1919 yilda "Versal tinchlik 
shartnomasining iqtisodiy oqibatlari" nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida 
ko`pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy 
fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar 
yozdi ("Ehtimollik to`g`risidagi risola" (1921), "Pul islohoti to`g`risida risola" 
(1923), 
"Mister 
Cherchelning 
iqtisodiy 
oqibatlari" 
(1925), 
"Erkin 
tadbirkorlikning intihosi" (1926), "Pul to`g`risidagi risola" (1930) va 
boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - "Ish bilan bandlik


302 
foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) kitobidir. 1940 yilda "Urush 
xarajatlarini qanday qoplash mumkin" degan kitobi ham nashr etildi. Bu 
asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini 
ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Uning yaratgan nazariyasi 
iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o`rin egallaydi va bu o`ziga xos inqilob 
bo`lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq 
klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi. 
Keyns ta'limotining asosiy va yangi g`oya shuki, bozor iqtisodiy 
munosabatlari tizimi mukammal va o`z-o`zini avtomatik ravishda tartibga sola 
olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o`sishni faqat 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy 
iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog`liq edi. Yetakchi 
olimlarning ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va 
oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning 
faoliyati bilan bog`liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan 
tuzatilishi mumkin edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining 
davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar 
qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo`yicha asoslanadi. Psixologik 
omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, 
qo`shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi 
bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to`g`rilash uchun 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo`lib chiqdi. Vaholanki
avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy 
voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda "samarali 
talab"ni, ya'ni iste'mol va jamg`arishni birinchi o`ringa 
qo`yadi. 
Yuqorida 
qarab 
chiqilgan 
iqtisodiy 
ta'limotlardan 
biri 

merkantilizimda 
davlatning 
iqtisodiyot 
(siyosat)ga 
aralashuvi 
talab 
etiladi, 
proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. 
J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga mekantilistlarning 
ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi umumiy 
g`oyalar quydagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko`paytirish uchun 
intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga 
muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga 
investitsiyalarni qo`yishni rag`batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar 
oshuvini qo`llash (savdo va ishlab chiqarishni rag`batlantirish usuli sifatida), 
pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning 
milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning 
makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`lgan milliy 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling