Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
J.Robinson
299 Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb ustuvorlik berish yetarli emas, ya'ni adolat masalasi ham qo`yilishi kerak. Iqtisodiyot tarixida "samaradorlik" va "adolat" ni qandaydir yo`l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir. Robinson o`zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni ham ishlab chiqsa bo`lar edi masalan, nomukammal raqobat tufayli aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo`lmog`i kerak edi. Bunday savolga javobni uch yil o`tgach boshqa qembrij maktabi vakili J.M.Keyns berdi. XULOSA X1X asr oxiri - XX asrlarda iqtisodiyotning monopollashuv jarayoni kuchaydi, bu sharoitda avvalgi "sof raqobat", "sof iqtisodiyot " qoidalari amaliy hayotga javob bermay qoldi. Monopol sharoitda nomukammal raqobat qonunlari yuzaga keladi. Bu xodisalar amerikalik E.Chemberlin va ingliz J.Robinson xonim tomonidan tadqiqi qilindi. Bu olimlarning tadqiqotlarida monopoliyaning asosiy mohiyati taklif ustidan nazorat ekanligi ko`rsatiladi. Monopoliya sharoitida "mahsulotning differensiatsiyasi" ro`y beradi va alohida tovar alohida xaridorga xizmat qiladi, ma'lum tovarga afzallik beriladi. Bu sharoitda raqobatning baholanmagan omillari mahsulot sifati va reklamasi, fabrika, firma markalari, o`ziga xos qadoqlash, rang , shakl va boshqalar ahamiyati ortadi. "quvvalar ortiqchaligi" fenomeni kuzatiladi, chunki tovar bahosini sun'iy oshirish yo`li tutiladi, monopol foyda nazariyasi ilgari suriladi. E.Chemberlin fikricha, monopol sotuvchilar o`rtasida ham raqobat doimo mavjud, chunki liberal g`oyalarda ham, monopoliyalarda ham sof raqobat yo`q. Olimning so`nngi asarlarida nomukammal va monopolistik raqobatlar deyarli tenglashtiriladi va monopoliyalar tabiiy mohiyatga degan optimistik xulosa chiqariladi (markscha-lenincha qarashlarda ularga o`lim belgilangan). J.Robinsonning asosiy goyalari yuqoridagilardan ancha farq qiladi, monopoliya sharoitida ishlab chiqarish omillarining ekspluatatsiyasi, mayda korxonalarning yutib yuborilishi to`g`risida fikr yuritiladi. Xaridor monopoliyasi - monopsaniya tushunchasi kiritiladi. Samaradorlik yoki adolat dilemmasini yechish kerak bo`ladi, deb yakunlaydi olima. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling