Bozor iqtisodiyotida raqobat mavzusida ma’ruza matni


Download 214.2 Kb.
bet1/4
Sana22.11.2020
Hajmi214.2 Kb.
#149916
  1   2   3   4
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTIDA RAQOBAT MAVZUSIDA


BOZOR IQTISODIYOTIDA RAQOBAT MAVZUSIDA
MA’RUZA MATNI

Bozor iqtisodiyotida raqobat muhim ahamiyatga ega, uning afzalligi ham ko’p jihatdan raqobatga bog’liq. Raqobat iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch.

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, yangiliklar yarvtish, ishlab chiqarishga so’nggi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga ham raqobat undaydi. Shuning uchun raqobatni tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.

Mazkur bob raqobatga bagishlangan. Unda raqobatning mazmuni, mukammal va nomukammal raqobat, monopoliya va uning vujudga kelish sabablari, monopoliya turlarini o’rganamiz. Raqobatning cheklanishi qanday oqibatlarga olib kelishi, raqobatchilik muhiti yaratilishi naqadar zarurligi, uni vujudga keltirishda davlatning rolini ko’rib chiqamiz.



1-§. Raqobat va uning shakllari

Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri uning raqobotga asoslanganligidir.

Raqobot bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Raqobot kishilik jamiyatining barcha jabhalariga xos. Raqobot qaysi jabhada olib borilishidan qat’i nazar uning markazida inson manfaatlari turadi. Inson tabiatan o’zini, o’z manfaatlarini o’ylaydigan qilib yaratilgan. Xar bir inson o’z imkoniyatlarini namoyon qilish, farovon hayot kechirish, kishilar o’rtasida obro’- e’tibor qozonish (kabilar) uchun harakat qiladi. Kishilik jamiyati hayotining asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, demak jamiyat hayotida iqtisodiy sohalardagi raqobat asosiy rol o’ynaydi.

Ma’lumki, tirik tabiatda ham yashash uchun kurash uzluksiz davom etadi. Xar qanday tizim: biologik, fizik, kimyoviy, iqtisodiy hammasi mutanosiblikka intiladi. Raqobat ana shu mutanosiblikning optimal darajada bo’lishini ta’minlaydi.

Raqobat (konkurentsiya) lotincha — cancuro degan so’zdan olingan bo’lib, to’qnashuv degan ma’noni bildiradi. O’zbek tilida raqobat kim o’zdi, basma-baslikka bellashuv ma’nosini anglatadi. Basma-baslikka kim bilan bellashiladi? Raqib bilan. Raqiblar — bir-biriga qarama- qarshi turuvchilar bo’lib, biror narsani talashuvchilar ma’nosini ifodalaydi. Demak, raqib so’zi bilan konkurentsiyaning ma’nolari yaqin.

Iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan raqobatlashadi. Ijtimoiy faoliyat jarayonida manfaatlar to’qnashuvi yuz beradi. Ana shu to’qnashuvda kuchlilar yutib chiqadi, zaiflar mag’lub bo’ladi yoki har ikki tomon mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib o’zaro manfaatli bitim tuzadi.

Tabiiy savol tug’ilishi mumkin, nima sababdan raqobat yuz beradi?

Raqobatning asosiy sababi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, manfaatlarning mavjudligidir. Xar bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida alohidalashgan. Xar bir kishi o’z manfaati yo’lida harakat qiladi.

Raqobatni iqtisodiy nuqtai nazardan qisqa qilib ta’riflaydigan bo’lsak, quyidagicha ifodalash mumkin. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib chiqib, yuqori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavqeiga ega bo’lish uchun bosh-qalar bilan bellashuvi, kurashidir.

«Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir.»1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat qonuni amal qiladi. Bu qonunga ko’ra iqtisodiy sub’ektlarning maqsadlariga ko’ra o’z manfaatlaridan kelib chiqib o’zaro kurashishlari muqarrar bo’ladi. u qonun barcha iqtisodiy qonunlar kabi ob’ektiv xarakterga ega. Sababi iqtisodiy muhitning o’zi uni amal qilishini taqozo qiladi. Chunki, birinchidan, insonga taiatan o’z-o’zini saqlash instinkti berilgan, Avval ta’kidlab o’tganimizdek uni hech Kim, hech qanday cheklovlar yo’qqa chiqara olmaydi.


Ikkinchidan, o’zlashtirish mulk doirasida amalga oshadi. Iste’mol o’zgarishi uchun mulk qayta taqsimlanishi kerak. Resurslar mulk bo’lar ekan, cheklangan ekan, undan samarali foydalanish ob’ektiv zaruriyatga aylanadi. Zaruriyat mavjud ekan, inson doimo uni amalga oshirish uchun harakat qiladi, tinmay izlanadi, doimo o’z manfaatini himoya qiladi.

Raqobat qonuni barcha jabhalarga xos, uning amal qilish doirasi kengayib boradi.

Raqobat kurashi turli tarzda namoyon bo’ladi. Bozorda firmalar resurslarni arzon olish, o’z tovarlarini qimmatroqqa sotish, shuni asosida ko’proq foyda olishga intilsalar, ishchi va xizmatchilar yaxshiroq ish haqi olish uchun harakat qiladilar. Xaridor bozorda tovarni arzonroq sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa qimmatroqqa sotish dardida yonadi. Ijaraga mulkni beruvchi ko’proq ijara haqi olishga harakat qilsa, aksincha ijaraga oluvchi uni pasaytirishga intiladi.

Raqobat ishtirokchilarining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bir xil emas. Shu sababdan ularning bevosita maqsadi ham farqlanadi.

Mulkni iqtisodiy jihatdan alohidalashuviga ko’ra, raqobat faqat individual manfaatni emas, balki jamoa, oilaning manfaatlarini ham ko’zlaydi. Chunki, ayrim kishining manfaati bir tomondan alohidalashgan, ikkinchi tomondan jamoa manfaatlariga birlashgan. Bu manfaatlar birlashuvi ham mulk doirasida amalga oshadi. Masalan, ishlovchilarning har biri yaxshi ish joyi uchun kurashsa, ular jamoa doirasida birgalikda, uning manfaati yo’lida boshqa jamoalar bilan, viloyat miqyosida boshqa viloyatlar bilan, oila miqyosida boshqa oilalar bilan, davlat miqyosida boshqa davlatlar bilan raqobatlashadi. Raqobat xo’jalikning hamma sohasida, iqtisodiy faoliyatning hamma turlarida boradi, unda iqtisodiy faol aholi qatnashadi.

Bozor iqtisodiyotida raqobat kim bilan bo’lishidan qat’i nazar yaxshi ishlaganlarning, ishning o’zini emas, balki ko’zini bilganlarning yutib chiqishini bildiradi. Raqobat iqtisodiy resurs-larni tejamli ishlatish, tovar va xizmatlarni ko’plab, sifatli ishlab chiqarishga undaydi. U xo’jalik yuritishning eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qulini topishga undaydi. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtiradi. U faqat ishlab chiqarishning o’zinigina o’sishga undab qolmay, iqtisodiy munosabatlarni ham takomillashtirishga olib keladi. Raqobat iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. U o’z navbatida raqobat doirasini kengaytiradi. Ana shu jihatdan qarasak, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

Bozor va raqobat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Raqobat bo’lmasa bozor, bozor bo’lmasa raqobat yo’q.

Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bo’lishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keladi. Iqtisodiyot rivojlanishiga qarab, raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib boradi.



Raqobat bozor holatiga ko’ra mukammal va nomukammal raqobatga ajratiladi (3- §). U raqobat kurashini yuz berishida to’sqinlik qilish mavjudligi yoki yo’qligi, uning darajasiga ko’ra baholanadi.

Raqobatning yuz berishi, xarakteriga ko’ra tartibsiz — stixiya-li, hamda tsivilizatsiyalashgan, ya’ni tartibga solinadigan raqobatdan iborat bo’ladi. Faqat ular o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Jamiyat rivojlangani sari tsivilizatsiyalashgan raqobat asosiy o’ringa chiqa boradi.

Erkin, mukammal

Cheklangan, nomukammal

Stixiyali (yovvoyi)

Tartibga solinadigan

Milliy xo’jalik

Jahon xo’jaligi

Narx vositasida

Narxdan foydalanmay





































Tarmoq ichida

Tarmoq o’rtasida







Download 214.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling