Bozor iqtisodiyotida raqobat mavzusida ma’ruza matni


Download 214.2 Kb.
bet2/4
Sana22.11.2020
Hajmi214.2 Kb.
#149916
1   2   3   4
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTIDA RAQOBAT MAVZUSIDA

Raqobat shakllari

Raqobat kurashi jamiyat taraqqiyotining natijasi. U milliy xo’jalik doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda yuz beradi. Raqobat, eng avvalo bir tarmoqqa qaraydigan firmalar o’rtasida yuz beradi. Xar bir firmaning imkoniyat darajasi, mehnat unumi turlicha bo’lishi, ulardagi o’rtacha xarajatlarning har xil bo’lishiga olib keladi. Natijada bozordagi muvozanat narxiga ko’ra ayrimlar xarajatlarini qoplab foyda olishlari, ayrimlari aksincha zarar ko’rishlari mumkin.

Tarmoq ichidagi raqobat kurashi fan-texnika taraqqiyotini rag’-batlantiruvchi kuch hisoblanadi.

Kapital doimo harakatda bo’lar ekan, uning egalari o’z kapitallarini mo’may daromad keltiradigan sohalarga qo’yishga harakat qiladilar. Turli tarmoq firmalari yuqori foyda olish uchun raqobatlashar ekan, har biri o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulot, xizmat ko’rsatishdan tashqari boshqa raqiblari ishlab chiqarayotgan mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishga ham ko’proq foyda olib keladigan bo’lsa, kapital qo’yadilar. Kapitalni foyda kam tar-moqdan ko’p tarmoqqa ko’chirish ishlab chiqarishning tarkibini o’zgarishiga olib keladi. Ya’ni diversifikatsiyalash amalga oshiriladi. Raqobatni hamma turlarida kurash keskin boradi. Ayniqsa, jahon bozoridagi raqobat juda shiddatli yuz beradi.

Raqobat kurashi usuliga ko’ra: narx vositasi va narxdan foydalanmay olib boriladigan raqobat kurashiga ajratiladi.

Raqobat kurashining barcha turlarida yozilgan, yozilmagan qonun-qoidalarga ozmi- ko’pmi rioya qilinadi.

Raqobatni iqtisodiyotdagi ahamiyati beqiyos.

Birinchidan, raqobat mavjudligi sababli ishlab chiqarish va muomalada ijtimoiy normal shart-sharoitlar vujudga keltiriladi.

Ikkinchidan, raqobat doimo yangilikka, ilg’orlikka yo’l ochadi.

Uchinchidan, bozor sahnasini samarasiz, qoloq xo’jaliklar tark etishi ta’minlanadi. Nobel mukofoti laureati iqtisodchi F. Xayek ta’biriga ko’ra «raqobat samarali ishlab chiqarishni o’rgatadi».


2-§. Mukammal va nomukammal raqobat

Iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi firmalar, sohalar, tarmoqlar juda ko’p. Xar bir firma, soha, tarmoqni o’rganish nihoyatda qiyin. Shuning uchun bozor tarkibini narx va ishlab chiqarish hajmining shakllanishiga ko’ra o’rganish realroq.

Iqtisodchilar nisbatan bir-biridan farq qiluvchi bozordagi vaziyatga ko’ra uni to’rt modelga ajratishadi. Bu modellar bir-biridan firmalar soni, mahsulotlar turi, narxlar ustidan nazorat, turli sohalarni monopollashish darajasi, narxning shakllanishi, axborot olish imkoniyatlari va boshqalar bilan farq qiladi. Bu to’rt model:


  1. erkin raqobatga asoslangan bozor;

  2. monopolistik raqobatga asoslangan bozor;

v) oligopoliya;

g) sof monopoliyadan iborat.

Bozor tarkibini raqobat erkinligi yoki cheklanishiga ko’ra iqtisodchilar ikki turga: mukammal va nomukammal (takomillashgan, takomillashmagan) raqobatga ajratishadi.

Mukammal raqobat yuqoridagi to’rt modelning erkin raqobatga asoslangan modelini o’z ichiga oladi. Nomukammal raqobatga esa monopolistik raqobat, oligopoliya va sof monopoliya modellari kiradi.

Erkin raqobatga asoslangan modelda u yoki bu tovarni ishlab chiqarishda asosiy o’rin tutadigan bir yoki bir necha firmaning yo’qligi alohida ahamiyatga ega, chunki ana shunday firmaning paydo bo’lishi bozorni nazorat qilishni boshlanishiga qadam bo’ladi.

Erkin raqobat kurashiga asoslangan modelning asosiy ajralib turuvchi tomoni:



  1. Mustaqil harakat qiluvchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchilar va xaridorlarning cheklanmaganligidir. Masalan: qishloq xo’jaligi tovarlari bilan savdo qiluvchi dehqon bozori, fond birjalari.

  2. Standartlashgan mahsulot yoki bir turdagi, bir xildagi mahsulot ishlab chiqarish. Bunda xaridor uchun qaysi sotuvchidan mol olish baribir. Chunki A firmaning mahsuloti B, V, S va hokazo firmalar mahsulotining xuddi o’zi.

Standartlashgan mahsulot belgilangan standart bo’yicha ishlab chiqarilgani uchun mahsulotlar sifat jihatdan farq qilmaydi.

  1. Tarmoqqa kirib kelish erkinligi bilan xarakterlanadi. Yangi firmalar tarmoqqa erkin kirib kelish, eskidan ishlayotgan firmalar xohlagan paytda chiqib ketish imkoniyatiga ega.

  2. Sof erkin raqobat real hayotda kam, shuning uchun erkin raqobat haqida mantiqiy fikr yuritish o’rinsiz emas. Chunki:

  1. bir necha tarmoqlar borki, ular boshqa bozor modellari (strukturasi)dan ko’ra ko’proq erkin raqobat modeliga to’g’ri keladi;

  2. erkin raqobat eng oddiy tushunarli vaziyatni ifoda qiladi. Daromad va xarajatlarni taqqoslash asosida narx va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha har qanday munozaraning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi;

v) erkin raqobat kurashiga asoslangan iqtisodiyot namunasi real iqtisodiyotni samaradorligini baholash, taqqoslash imkonini beradi.

Xullas, erkin raqobat — bu o’rganilishi ham nazariy, ham ma’lum amaliy ahamiyatga ega bozor modelidir. Erkin raqobat kurashini tahlil qilish, birinchidan, sotuvchilar nuqtai nazaridan talabni o’rganish, ikkinchidan, qisqa muddatli davrda bozor narxiga ishlab chiqaruvchi qanday moslashuvini tushuntirish, uchinchidan, tarmoqda uzoq muddat talab etiladigan o’zgarishlarni qay tarzda yuz berishini, to’rtinchidan butun jamiyat miqyosida raqobatchi tarmoqlarning samaradorligini baholash uchun zarur.

Nomukammal raqobatga asoslangan bozorning birinchi modeli monopolistik raqobatga asoslangan bozordir. Monopolistik raqobat deganda quyidagi bozor holati tushuniladi:


  1. ko’p sonli uncha yirik bo’lmagan, lekin o’xshash tovarlarni xaridorlarga taklif etadilar. Uni erkin raqobatdan farqi shundaki, bu erda ishlab chiqaruvchilar unchalik ko’p bo’lmaydi, lekin ular o’zaro til biriktira olmaydilar. Xar bir firmaning bozor narxiga ta’siri cheklangan

bo’ladi. Ular bir-biridan mustaqil harakat qiladilar, ayrim raqobatchining qo’llagan chora- tadbirlari bozor ahvoliga unchalik ta’sir qilmaydi;

  1. firmalar bozorga bir xil mahsulotning turli ko’rinishlarini olib chiqadilar. Tovarlarning sifati, shakli, o’ralishi, qadoqlanishi, sotish sharoiti tabaqalashadi.

Ikkinchi tomondan, bir turdagi tovarlar, masalan, dorixona, restoran, oshxonalar kabi o’z mahsulotlarini tabaqalashtiruvchi turli raqiblar ko’pchilikni tashkil etadi. Xaridorning tanlash imkoni bor. Sotuvchilar o’rtasida shuning uchun xaridorni o’ziga jalb qilish maqsadida raqobat kurashi ketadi.

Nomukammal raqobatning yana bir turi oligopoliyadir. Unda raqobat bilan monopoliya o’ziga xos tarzda birlashib, qo’shilib ketadi. Oligopoliya (yunoncha — ozchilik, sotaman) ishlab chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir. Uning eng muhim tomoni raqobat kurashida ozchilik qatnashib, narx ustidan nazorat o’rnata oladi. U ozchilik hukmronligi yoki guruhiy monopoliyadan iboratligi tufayli korporatsiyalar rahbarlari o’zaro muzokaralar, telefon qo’ng’iroqlari, birgalikdagi ziyoratlar orqali narxni kelishib oladilar va uni o’zgarishini nazorat qiladilar.

Erkin raqobat tashabbuskori Adam Smit ikki asr avval «Ishbilarmonlarni istisno tarzida jamiyatga qarshi bitim tuzish uchun til biriktirish maqsadida to’planishlarini hisobga olmaganda, birgalikda juda kam yig’ilishadi» deb bildirgan fikrini eslasak, uning naqadar haqligini his etamiz. Oligopolistlar o’rtasida bitim tuzish osongina kechmaydi.

Chunki bozorda olish mumkin bo’lgan foydani, ta’sir doirasini bo’lishish kerak.

Oligopoliya sharoitida hukmron tarmoqlarda bir xil yoki o’rin bosuvchi standartlashgan va tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi. Standartlashgan mahsulotlarga po’lat, rux, mis, alyuminiy, tsement va hokazolar, tabaqalashgan mahsulotlarga esa turli rusumdagi avtomobillar, kir yuvish mashinalari, apparatlar, maishiy elektr asboblari va boshqalarni kiritish mumkin.

Oligopoliya tarmoqlarida yirik uch-to’rt firma mahsulot ishlab chiqarishning asosiy qismini nazorat qiladi. Masalan, AQSh da avtomobilsozlikda katta uchlik: «Djeneral Motorz»,



«Ford», «Kraysler», Yaponiyada «Toyota», «Xonda», «Nissan» kompaniyalari mavjud bo’lib, ishlab chiqarilgan avtomobillarning 90% i ular hissasiga to’g’ri keladi.

Oligopoliya hozirgi paytda keng tarqalgan, nomukammal raqobatning real hayotdagi ifodasidir.

Oligopoliya tarmoqlariga yangi firmalarning kirib kelishi qiyin, chunki mavjud firmalar bilan raqobatga kirish katta kuch, mablag’, vaqtni talab qiladi. Buni uddasidan chiqish juda qiyin. Raqib qo’ygan to’siqlarni engib o’ta olgan kuchli firmalargina tarmoqqa kirib kelishi mumkin.

Nomukammal raqobatning yana bir turi sof monopoliyadir. Sof monopoliyada mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda bitta firma hukmronlik qiladi.

Firmaning ishlab chiqaradigan mahsulotini boshqalar ishlab chiqara olmaydilar. Sof monopoliyada bu tarmoqqa boshqalarni kirib kelishiga to’siq kuchli, narxni to’la nazorat qiladi.

Iste’molchining sof monopoliyasi tarzida monopsoniya namoyon bo’ladi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’molchisi bitta bo’ladi. Sof monopolist milliy bozorda hukmron firma jahon miqyosida shunday mavqega ega bo’lmasligi mumkin. Masalan, Toshkent aviatsiya birlashmasi, «O’zbekiston havo yo’llari» va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ayrim firmalar esa jahon miqyosida ham shunday mavqeni egallashi mumkin. Masalan, mashhur «De Birs» firmasi, jahon miqyosida olmosga ishlov berib, sotishda hukmron mavqega ega. Umuman olganda bozor tarkibi va raqobat turlarini aniq chegaralash juda qiyin. XIX asrning 70- yillaridan XX asrning 30- yillarigacha iqtisodiy nazariyada neoklassik yo’nalish hukmron mavqega ega bo’lib, ular mukammal raqobat to’g’risidagi eskirgan dogmani himoya qilishardi. Ularning fikricha, mayda mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar asosiy o’rin tutadi, unga muvofiq ravishda iqtisodiyotda mukammal raqobat kurashi mavjud.

Vaholanki bozorda monopollashuv jarayoni jadal kechib raqobatchilik asoslari emirilayotgan edi.

30- yillarning boshlarida iqtisodiy nazariyada ayrim olimlarning fikricha revolyutsiya yuz berdiki, uning natijasida mukammal raqobat to’g’risidagi dogmaga barham berildi. Kembridj universitetining professori Joan Robinson o’zining 1933 yili chop etilgan «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» kitobida raqobat to’g’risidagi neokonservativ kentseptsiyani qattiq tanqid qiladi. Uning fikricha, iqtisodiy nazariyada turli qonuniyatlarni o’rganish, tadqiq qilishni odat tusiga kirgan mukammal raqobat sharoitlarini ko’rib chiqib, monopoliyani alohida hodisa sifatida qarash emas, balki tadqiqotni monopoliyalardan boshlab mukammal raqobatni alohida hodisa sifatida qarash to’g’riroq bo’lardi, deydi.

Nomukammal raqobat tushunchasiga amerikalik iqtisodchi Eduard Chemberlin katta hissa qo’shgan, u «Monopolistik raqobat nazariya-si» (1933) kitobida bozordagi real narxlar sof raqobatga ham, sof monopoliyaga ham yon bosmaydi, aksincha ular o’rtasidagi har ikki holatning nisbatiga ko’ra shakllanadi deb ko’rsatadi. Raqobat bilan monopoliyaning birlashuvi monopolistik raqobat tarzida yuz beradi. U mahsulotni tabaqalanishini vujudga keltiradi. Tabaqalanish mahsulotning ma’lum bir xususiyatlariga ko’ra amalga oshadi. Masalan, tovar markasi, firma nomi, tovarlarni o’ziga xos, diqqatni jalb etadigan qilib o’rash yoki bo’lmasa tovarning individual xususiyatlari: sifati, rangi, shakli — stili va hokazolarga qa-rab tabaqalanishi mumkin. Chakana savdoda bu — sotuvchining joylashgan o’rni, yaratilgan umumiy muhit, sotuvchining ish olib borish manerasi, o’zini tutishi, halol, ishbilarmon sifatida erishgan obro’-e’tibori, shaxsiy aloqalari kabilarni o’z ichiga oladi.

Monopoliya va konkurentsiyani hozirgi zamondagi nisbatini real tushunish sof monopoliya ham, mukammal raqobat ham yo’q ekan, unda bozor qanday holatda degan savolga javob berishni zarur qilib qo’yadi.

G’arbda hozirgi zamon bozori holatini «Ekonomiks» darsligining mualliflari

«nomukammal raqobat» deb atashadi. Ularning hammasi «mukammal raqobatdan» hozirgi paytda iz ham qolmadi, uning o’rniga o’ziga xos tarzda monopoliya bilan raqobatning birga qo’shilib ketgan shakllari keldi deb e’tirof etishadi. Erkin raqobat klassik kapitalizmga xos. U mukammal raqobat tarzida XIX asrda faqat Angliyada mavjud bo’lgan xolos, hozirgi paytda erkin raqobat kam uchraydigan holat. o’arb mamlakatlarida erkin raqobatni qimmatbaho qog’ozlar bozorida va fermerlar faoliyatida ko’rish mumkin. Industrial ishlab chiqarish bosqichida moliya kapitali vujudga kelishi bilan erkin raqobat o’rniga monopoliyalar kirib keladi. Iqtisodiyotni monopollashuvi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi kuchayishining qonuniy oqibati bo’lib maydonga chiqadi. Samuelson bu holatga baho berib, yirik ishlab chiqarish biznesni monopollashuviga olib kelishini ko’rsatadi. Monopoliyalar vujudga kelishi, raqobatni cheklasa-da, lekin u albatta qoladi. Xatto o’z bozorlarida etakchi rol o’ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikki kichik bo’lsa ham raqobatchisi bo’ladi. Xozirgi vaqtda sof monopoliya tizimiga to’g’ri keladigan bozorni ham topish qiyin. Sof monopoliya ko’pincha noyob mahsulotga ega bo’lish bilan bog’liq. Ammo, noyob-likning o’zi abadiy emas. Noyob mahsulotning o’rinbosari yoki undan ham yaxshirog’i yaratiladiki, bu monopoliyani zil ketishiga olib keladi. 80- yillarning boshlarida AQShda uzoq masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirgan. «Ameriken tele- foun end telegraf» kompaniyasi o’z aktivlarining miqdori jihatidan dunyoda birinchi o’rinda turgan. Raqobat kurashi natijasida bu tarmoqqa boshqa kompaniyalarning kirib kelishi ekspress poch-ta va sun’iy yo’ldosh aloqalaridan foydalanishni yo’lga qo’yilishi bu bozorni oligopoliyaga aylantirdi.

P. Samuelson hozirgi zamon iqtisodiy hayotida raqobat bilan monopoliyalarning qo’shilib ketishi xarakterli ekanini ko’rsatib, raqobat mukammal emas, balki ustun darajada nomukammal monopolistik xarakterga ega, deydi.

Real va ideal bozor nazariyada farqlanadi. Nazariy jihatdan raqobat turlari mukammal raqobat, nomukammal cheklangan raqobat, oligopoliya, sof monopoliya alohida ajratib tahlil qilinsa, real hayotda esa ular ko’pincha chirmashib, tutashib ketgan tarzda uchraydi.


Download 214.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling