Bozor iqtisodiyotida raqobat mavzusida ma’ruza matni
-§. Monopoliya. Bozorda uning roli va o’rni
Download 214.2 Kb.
|
BOZOR IQTISODIYOTIDA RAQOBAT MAVZUSIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mukammal raqobat va monopoliya
- Kelib chiqish sabablari va xarakteriga ko’ra monopoliyaning quyidagi turlari mavjud
3-§. Monopoliya. Bozorda uning roli va o’rniMonopoliya so’zi yunoncha «mono» — bitta, «polis» — sotaman so’zlaridan tarkib topib, iqtisodiy faoliyatning biror (ishlab chiqarish, savdo va hokazolar) sohasida shaxs yoki kishilar guruhi, davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu o’z tabiatiga ko’ra monopoliyaning raqobat bilan to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshiligini bildiradi. Real hayotda bozorda yagona firma faoliyat ko’rsatadigan vaziyatni topish qiyin. Monopoliya termini ayniqsa «sof» monopoliya doimo shartli ravishda qo’llaniladi. Mukammal raqobat va «sof» absolyut monopoliya — bu bozordagi ikki qutb, ikki mantiqiy chegarani ifodalovchi nazariy abstraktsiya. Uni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
Ishlab chiqarishni industrlashuvi kapitalni kontsentratsiyasi va markazlashuvini talab etadi. Chunki yangi texnika-texnologiya uchun katta kapital kerak. Kapitalning kontsentratsiyasi hamda markazlashuvi, ya’ni raqobatchilarning birlashuvi qo’shilishi esa monopoliyaga olib keladi. Taniqli iqtisodchi M. Fridmenning fikriga ko’ra, monopoliyaning vujudga kelish manbai uchta: a) texnik zaruriyat; b) hukumatning bevosita yoki bilvosita qo’llab-quvvatlashi; v) xususiy kelishuv. Iqtisodiyotda raqobat kurashi ikki yoqlama tendentsiyada namoyon bo’ladi. Raqobat kurashining o’zi bir tomondan monopoliyaga olib kelsa, ikkinchi tomondan monopoliyalarni zil ketishiga olib keladi. Monopoliyalar tashkil topishi, iqtisodiyotdagi qamrovi va boshqa jihatlari bilan bir- biridan farq qiladi. Monopoliyalar haqida fikr yuritganda, ular faoliyatini tahlil etganda unga turli jihatdan yondashish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda monopoliya turlari quyidagicha tasniflanadi: Iqtisodiyotni qamrab olish darajasiga ko’ra — ma’lum tarmoq miqyosida sof monopoliya. Bunda sotuvchi bitta, bozor boshqa sotuvchilar uchun yopiq. U sotish uchun tovarlar miqdori va narx ustidan to’la nazorat o’rnatadi. Milliy xo’jalik miqyosida — absolyut monopoliya. Bu davlat yoki uning xo’jalik idoralari tomonidan o’rnatilgan monopoliya. Masalan, tashqi savdo bo’yicha davlat monopoliyasi. Monopsoniya (sof va absolyut) — bunda resurs va tovarlarni sotib oluvchi bitta bo’ladi. Kelib chiqish sabablari va xarakteriga ko’ra monopoliyaning quyidagi turlari mavjud:Monopoliyaning kelib chiqish sabablari va uning turlari
Tabiiy monopoliyalar. Bular ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan (masalan, metallar, er uchastkalari) resurslarga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik yurituvchi korxona infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari kiradi. Masalan, temir yo’l transporti, energetika, harbiy-sanoat kompleksi va hokazolar. Tabiiy monopoliyalar ko’pincha ishlab chiqarishning katta miqyosi bilan iqtisodiy afzallikka, yutuqqa ega bo’lishlari bilan o’zini oqlaydi. Bunda tovarlar eng kam xarajat qilib ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Boshqa shu turdagi faoliyat ko’rsatadigan ko’pgina firmalar bo’lganda bunday natijaga erishib bo’lmasdi. Odatda, jamiyat a’zolarining manfaatini himoya qilish maqsadida tabiiy monopoliyalarga davlat egalik qiladi yoki tartibga solib turadi. Legal monopoliyalar. Ular qonuniy asosda vujudga kelgan monopoliyalar bo’lib, quyidagi shakllarni o’z ichiga oladi: patent tizimi. Patent hukumat tomonidan qilingan ixtiro uchun faqat ixtirochiga beriladigan guvohnoma, hujjat bo’lib, undan ixtirochi o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanadi. Patent deb, ovchilik, savdo bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjatga ham aytiladi; mualliflik huquqi, unga muvofiq faqat mualliflar o’z asarlarini ma’lum bir davr yoki bir umrga sotish, ko’paytirish huquqini olishadi; v) savdo belgilari, nishonlari, maxsus rasmlari, nomi, simvol-belgilar bo’lib, ular tovar, xizmat yoki firmaning boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgan savdo nishonlaridan raqiblarning foydalanishi taqiqlanadi. Sun’iy monopoliyalar. Shartli ravishda tabiiy monopoliyadan ajratish uchun shunday nomlanadi. Bu monopolistik manfaatni ko’zlab, korxonalarning birlashuvidan iborat. Bu monopoliyalar bozor tarkibini ataylab o’zgartiradilar: yangi firmalarning bozorga kirishiga to’sqinlik qiladilar; autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxona)lar uchun arzon xom ashyo, energiya manbalaridan foydalanishni cheklaydilar; yuqori darajadagi (yangi firmalarga nisbatan) texnologiya yaratadilar; katta kapital sarflab, ishlab chiqarish miqyosini ko’paytirish imkoniga ega bo’ladilar; yaxshi yo’lga qo’yilgan reklamalar yordamida yangi firmalarni molini kasodga uchratadilar. Sun’iy monopoliyalarning qator shakllari mavjud bo’lib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari kartel, sindikat, trest va kontsernlar bo’lgan. Kartel — bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo’lib, uning qatnashchilari o’z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to’la saqlab qoladi, mahsulotlarni o’zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish bahosi, bozorlarni bo’lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan. Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko’rsatish mumkin. Sindikat — bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi bo’lib, ishlab chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o’zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi. Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan. Trest — ma’lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikdagi egalik qilishi bo’lib, foyda har birining qo’shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi. Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi. Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni yangilashga olib keldi. Bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi. Kontsernlar monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo’lib, turli sohalardagi rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib, bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat o’rnatadi (VIII bob). Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman mustaqil, bu ozmi-ko’pmi ularga faoliyat erkinligini beradi. Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo’lsa, aynan shu sohaga tezda kapital qo’yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan ixtisoslanishning ustunliklarini o’zida mujassamlashtiradi. Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tar-qalgan. Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqa turlari ham bor, lekin ular unchalik ko’p tarqalmagan. Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o’ziga xos o’rin tutib, o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ma’lum chegaradan o’tgach esa taraqqiyotga to’sqinlik qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz beradi.
Download 214.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling