Avtomobilsozlik


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.05.2020
Hajmi1.64 Mb.
#109606
  1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya.docx


 

O´ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O´RTA MAXSUS TA´LIM VAZIRLIGI 

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI 

“AVTOMOBILSOZLIK” fakulteti  

 

 

 

Oliy ta´limning 5310500 - “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” 

yo´nalishi talabalari uchun 

 

 “MASHINALARNING ELEKTR, ELEKTRON TIZIMLARI VA 

GIDRAVLIK JIHOZLARI”  

fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo´yicha 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Andijon - 2019 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Taqrizchilar: 

1. T.O. Almatayev - AndMI, ―Avtomobilsozlik‖ kafedrasi , t.f.n., dotsent.

 

2. M.A.Moydinov



 

- ―O`z-ERAE CC‖ qo`shma korxonasining ishlab chiqarish 

bo`limi muhandisi. 

 

Tuzuvchi:   

I.N.Saydaliyev- AndMI, ―Avtomobilsozlik‖ kafedrasi kattab o‘qituvchisi 

 

 

Ushbu uslubiy ko´rsatma 5310500 - ―Avtomobilsozlik va traktorsozlik‖ yo´nalishi 



bo´yicha  bakalavr  tayyorlash  namunaviy  va  ishchi  o´quv  dasturiga  mos  qilib 

tayyorlangan.  



“TASDIQLAYMAN‖ 

Andijon mashinasozlik instituti 

O‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma‘qullangan 

Kengash raisi________________________ Q.Ermatov 

(O‘quv-uslubiy Kengashining_____-sonli bayonnomasi 

―_____‖______________2019 yil) 



“MA’QULLANGAN‖ 

―Avtomobilsozlik‖ fakulteti    

Kengashida muhokama qilingan va ma‘qullangan 

Kengash raisi________________________ M.Qo`chqarov 

(Fakultet Kengashining_____-sonli bayonnomasi 

―_____‖________________2019 yil) 



“TAVSIYA ETILGAN‖ 

―Avtomobilsozlik‖ kafedrasi 

Majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan 

Kafedra mudiri________________________ B.Qayumov t.f.f.d. 

(Kafedra majlisining_____-sonli bayonnomasi 

 ―_____‖_________________2019 yil) 



 

Kirish  

Avtomobilsozlikni rivojlanish  istiqbollari avtomobillar va traktorlarning elektr jixozlari va 

elektron  tizimlarni  keng  ko´lamda  ishlatilishi  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Hozirgi  zamon 

avtomobillarining  elektr  jihozlari  ishchi  jarayonlarni  avtomatlashtirish,  harakat  xavfsizligini  va 

haydovchilar  ish  sharoitini  yaxshilash  tadbirlarini  ta´minlovchi  murakkab  tizim  bo´lib, 

avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko´p jihatdan aynan elektr jihozlarning ishonchliligiga 

bog´lik bo´ladi. 

Elektr  energaya  dastlab,  1860  yilda  ichki  yonuv  dvigatellarida  yonilg´i  aralashmasini  o´t 

oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg´i aralashmasini yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida 

o´t  oldirilishi,  o´t  oldirish  daqiqasini  aniq  rostlash  va  bu  o´z  navbatida  ichki  yonuv 

dvigatellarining  (IYoD)  quvvatini  va  tejamliligini  sezilarli  darajada  oshirish  imkonini  berdi. 

Shuning uchun yonilg´ini elektr uchqun vositasida o´t oddirish boshqa usullarni siqib chiqardi va 

hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim hisoblanadi. 

Elektr  energiya  dvigatelni  ishga  tushirish,  yoritish  va  turli  xil  asboblarni  tok  bilan 

ta´minlash  uchun  ishlatilishi  avtomobillarda  elektr  ta´minot,  ishga  tushirish  va  yoritish 

tizimlarini vujudga keltirdi. Elektr ta´minot tizimi akkumulyatorlar batareyasi, generator va rele-

rostlagichlardan  iborat.  Qariyb  50  yil  davomyda  avtomobillarda  asosan  o´zgarmas  tok 

generatorlari ishlatildi.  

Hozirga zamon dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasining  o´sishi bilan birga 

tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlarni zaxarliligini kamaytirish masalalariga bo´lgan talabning 

kuchayishi o´t oldirish tizimlaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini 

tug´dirdi.  Klassik  yoki  kontaktli  o´t  oldirish  tizimining  imkoniyati  cheklanganligi  sababli  bu 

muammoni  xal  qilish  uchun  o´t  oldirishning  yangi  tizimlari  ishlab  chiqildi,  xususan  kontakt-

tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprotsessorli o´t oldirish tizimlari shular jumlasidan.  

Transport  vositalarining  elektr  va  elektron  jihozlari  rivojlanishining  keyingi  bosqichlari 

elektron  texnikasining  taraqqiyoti  bilan  bevosita  bog´liq  bo´lib,  u  asosan  avtomobillarning 

harakat  xavsizligani  yanada  to´laroq  ta´minlashga,  dvigateldagi  ishchi  jarayonlarni 

samaradorligini,  tormoz  tizimi  ishonchliligini  oshirishga  yo´naltirilmoqda.  Masalan,  haydovchi 

holatini uzluksiz kuzatib, zarurat bo´yicha avtomatik ravishda harakat xavfsizligini ta´minlovchi 

choralarni amalga oshiruvchi diagaostika asbobini yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda. 

Elektronika  va  mikroprotsessor  texnikasining  qo´llanishi  dvigatel  va  transmissiya  ishini 

avtomatik  boshqarish  tizimlarini  ishlab  chiqish  imkonini  berdi.  Xususan,  hozirgi  zamon 

avtomobillarida    o´rnatilgan  elektron  antiblokirovkali  tormoz  tizimlari,  dvigatelga  yonilg´i 

miqdori aniq me´yorda uzatilishini ta´minlovchi elektron tizimi shular jumlasidandir. 


 

Shunday  qilib,  hozirgi  zamon  avtomobillarining  elektr  jihozlari,  malakali  xizmat 



ko´rsatilishini  talab  qiluvchi,  doimo  rivojlanuvchi  murakkab  tizimga  aylandi.  Avtomobillar 

me´yorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko´p jihatdan elektr jihozlar shayligiga bog´lik. 

Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jihozlarining narxi ancha baland bo´lib, avtomobil to´la 

qiymatini  25-30%  ni  tashkil  qiladi.  Elektr  jihozlarni  ta´mirlash  va  ularga  xizmat  ko´rsatishga 

ketadigan mablag´ ham taxminan shu ko´rsatkich doirasida bo´ladi.  

 

Laboratoriya ishlarini bajarish qoidalari 

Laboratoriya  ishlarini  bajarish  ―Mashinalarning  elektr,  elektron  tizimlari  va  gidravlik 

jixozlari‖ fanini o´rganish borasida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi.  

―Mashinalarning elektr, elektron tizimlari va gidravlik jixozlari‖ fani dastiriga asosan har 

bir talaba 9 ta  mavzu bo´yicha laboratoriya ishlarini bajarishi lozim.  

Labaratoriya  ishiga  tayyorlanishda  talaba  bajariladigan  ish  mavzusini  o´rganib  chiqishi, 

sinov  sxemalarini  chizib,  tajriba  natijalarini  yozadigan  jadvallarni  tayyorlab  quyishi  zarur. 

Bundan tashqari talaba ish mavzusi bo´yicha kerakli nazariy ma´lumotlar bilan chuqur tanishib 

chiqmog´i kerak.  



Labaratoriya ishi bo´yicha xisobot quyidagilarni o´z ichiga oladi: 

 

ishning nomi va sinov o´tkazish maqsadi; 



 

sinov sxemasi; 

 

kerakli hisobot iboralari



 

jadvalga to´plangan tajriba ma´lumotlari va xisoblash natijalari; 

 

standart formadagi 210x297 oq qog´ozda yozilgan va chizilgan tegishli grafiklar; 



 

ish bo´yicha internet ma´lumotlari, yakun va xulosalar. 

Darsga  talaba  tayyorlangan  holda  kelib,  o´zi  bilan  birga  kolkulyator,  qalam,  o´chirgich, 

chizgichlar va talaba standart formatdagi oq va millimetrli qog´oz olib kelishi kerak.  

Labaratoriya  ishi  bajarilgan  deb  xisoblash  uchun,  talaba  ishga  doir  nazariy  materiallarni 

puxta  o´zlashtirishi,  tegishli  sinov  tajribalarini  o´tkazishda  qatnashishi  va  ish  yuzsidan  kerakli 

sxema, grafik va xisob jadvallarini o´z ichiga olgan xisobot tayyorlashi zarur.  

Hamma bajarilgan labaratoriya ishlarini ximoyasi talabaga ―Transport vositalarining elektr 

va elektron jihozlari‖ fani bo´yicha reyting sinovlarini topshirish xuquqini beradi.  

  

 



 

 

 



 

 


 

Laboratoriya ishi - №1 



Mavzu: Akkumulyatorlar batareyasining texnik holatini aniqlash 

I.  Ish  hajmi:  Laboratoriya  ishi  2  soat  auditoriya  vaqtiga  va  2  soat  mustaqil  ishga 

mohljallangan. 

 

II. Ishni bajarishdan maqsad: 

1. 


Akkumulyator batareyalarining vazifasi, ish rejimlari va tuzilishini ohrganish. 

2. 


Qo‘rg‘oshin  kislotali  akkumulyator  batareyalari  uchun  elektrolit  tayyorlash  va 

zichligini aniqlash bo‘yicha amaliy kohnikmalar hosil qilish. 

3. 

Akkumulyator  batareyalariga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  va  sinash  bo‘yicha  amaliy 



kohnikmalar hosil qilish. 

 

III. Ishni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar  

Akkumulyator  batareyalari  avtomobilh  va  traktorlarda  tok  manbasi  sifatida  qo‘llaniladi. 

Akkumulyator  batareyalari  Qo‘rg‘oshin  kislotali  va  ishqorli  turlarga  bo‘linadi.  Akkumulyator 

batareyasida  kimyoviy  energiya  elektr  energiyasiga  aylantirib  beriladi.  Qo‘rg‘oshin  kislotali 

startyorbop akkumulyator batareyalarining tuzilishi 1.1-rasmda keltirilgan. 

 

 

 



1.1-rasm. Akkumulyatorning umumiy tuzilishi 

 


 

Elektrolit sathi diametri 3-5 mm bo`lgan shisha naycha yordamida  o‘lchanadi (1.2-rasm). 



Elektrolit  sathi  me‘yoridan  yuqori  bo‘lmasligi  kerak.  Aks  holda  avtomobil  harakati  davomida 

elektrolit  sachrashi  va  to‘kilishi  mumkin.  Elektrolit  sachragan  avtomobil  detallari  kuchli 

korroziyaga  uchraydi,  elektr  o`tkazgichlarning  izolyasiyasi  emiriladi.  Elektrolit  sachragan 

detallarning yuzalarini 5% li kalhsiy soda yoki nashatir spirti bilan tozalanadi. 

Akkumulyatorlardagi elektrolit sathini me‘yoriga keltirish uchun odatda faqat distillangan 

suv quyiladi. Bahzi hollarda istisno tariqasida toza yomghir yoki qor suvini ham quyish mumkin. 

Ammo  elektrolit  sathini  pasayishiga uni  sachrashi  yoki  to‘kilishi sabab  bo`lganligi  aniq  bo‘lsa, 

akkumulyatorga zichligi mos keladigan elektrolit qohyiladi. 

 

 

 



1.2-rasm. Elektrolit sathini o‘lchash 

 

Elektrolit  sathini  tekshirish  va  me‘yoriga  keltirish  har  1-chi  texnik  xizmat  ko‘rsatish 



(TXK-1) vaqtida, lekin har 15 kunda bir marta amalga oshirilishi zarur. Yozning issiq kunlarida 

esa bu ishni har 5-6 kunda bajarilishi kerak. 

Akkumulyatorlarning  razryadlanganlik  darajasini  ikki  yohl  bilan  aniqlash  mumkin: 

elektrolit zichligi va akkumulyator kuchlanishi orqali. 

 


 

 



 

1.3-rasm. Elektrolit zichligini o‘lchash asboblari: 

a) areometr; b) zichlik o‘lchagich 

 

Akkumulyatordagi  elektrolit  zichligi,  odatda,  areometr  yoki  zichlik  o‘lchagich  bilan 



o‘lchanadi.  elektrolit  zichligini  areometr  (1.3-a,  rasm)  bilan  o‘lchash  uchun  uning  noksimon 

rezinali  surgichi  1  siqiladi  va  naychasini  5  akkumulyator  bankasiga  tushiriladi.  So‘ngra  asta-

sekin  surgichni  bohshatib  densimetr  3  qalqib  chiqqunga  qadar  pipetkaga  2  elektrolit  suriladi. 

Shundan  keyin  naychani  akkumulyatordan  chiqarmasdan  elektrolitning  mavjud  haroratdagi 

zichligi o‘lchanadi. Elektrolitni zichligini haroratga bog‘liqligini hisobga olib, uni quyidagi ifoda 

yordamida 25 °S ga keltiriladi 

).

25

(



7

,

0



25

t

улч





 

Bunda 


25

 – elektrolitning 25 °S ga keltirilgan zichligi, kg/m



3



улч

 – elektrolitning mavjud haroratda o‘lchangan zichligi kg/m



3



– elektrolitning mavjud harorati, °S. 

Akkumulyatorning razryadlanganlik darajasi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: 

%

100



25





тр



тз

тз

р

Д



 



bunda D

r

 – akkumulyatorning razryadlanganlik darajasi, %; 

r

tz

 – elektrolitning akkumulyator tohla zaryadlangandagi zichligi, kg/m

3



r

tr

 – elektrolitning akkumulyator tohla razryadlangandagi zichligi, kg/m. 

 

O‘rta  Osiyo  iqlim  sharoiti  uchun  yil  bo‘yi  r



p13

q1,25...1,27·10

3

  kg/m



3

,  r



tr

q1,09..1,11·10

3

 



kg/m

3

 qiymatlarga teng qilib olinadi. 



Zichlik o‘lchagichning (1.3-b, rasm) plastmassadan tayyorlangan qobig‘i 6 ichiga massasi 

turlicha  bo`lgan  qalqovichlar  7  joylashtirilgan.  Har  bir  qalqovich  to‘g‘risiga  unga  to‘g‘ri 

keladigan  zichlik  qiymati  yozilgan.  Elektrolit  zichligini  o‘lchash  uchun  noksimon  rezinali 

surgich 1  yordamida zichlik o‘lchagich qobig‘i ichiga elektrolit suriladi. Elektrolitning zichligi, 

yuqoriga ko`tarilib chiqqan qalqovich orqali aniqlanadi. 

Akkumulyatorlar  batareyasining  razryadlanganlik  darajasini  kuchlanish  orqali  aniqlash 

uchun  LE-2,  LE-3 belgili  yuklama sanchqilari  yoki  E108, E107 (elementlararo tutashtirgichlari 

yashirin  bo`lgan  umumiy  qopqoqli  akkumulyatorlar  batareyasi  uchun)  belgili  akkumulyator 

sinov  asboblari  ishlatiladi.  E108  belgili  akkumulyator  sinov  asbobi,  sig‘imi  40-190  A-soat 

bo`lgan  akkumulyatorlar.  batareyasining  ishga  yaroqliligini  tekshirish  imkonini  beradi. 

Tekshirishni  boshlashdan  avval,  sinov  asbobidagi  kontakt  gaykalar  yordamida  akkumulyator 

sig‘imiga mos keladigan yuklama qarshiliklari zanjirga ulanadi. Tekshirish vaqtida sinov asbobi 

oyoqchalarining  uchi  akkumulyatorning  tashqariga  chiqarilgan  quloqlariga  qattiq  bosiladi  (1.4-

rasm) va sekund oxirida volhtmetr ko‘rsatishiga ko‘ra kuchlanish aniqlanadi. 

 

 

 



1.4-rasm. E-108 belgili akkumulyatorlarning sinov asbobi 

 

Ishga 



yaroqli 

akkumulyatorning 

kuchlanishi 

1,7-1,8 


chegarasida 

bo‘ladi. 

Kuchlanishning qiymati 1,4-1,6 V chegarasida bo‘lsa, akkumulyatorni zaryad qilish lozim. Agar 

kuchlanish  1,4  V  dan  past  bo‘lsa,  bunday  akkumulyatorlarni  tekshirish  va  zarurat  bo‘yicha 

ta‘mirlash zarur. Akkumulyatorning alohida bankalaridagi kuchlanishi bir-biridan 0,1 V ga farq 

qilsa, ular baravarlashtiruvchi usulida zaryadlash lozim. Ba‘zan o‘lchash boshlangan daqiqalarda 


 

asbob  1,7-1,8  V  kuchlanishni  ko‘rsatib,  o‘lchashning  5  sekundiga  kelib  kuchlanish  pasayib 



ketadi. Bu akkumulyator plastinalari sulfatlanib qolganligining belgisidir. 

IV. Ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan plakatlar, priborlar va asboblar 

Qo‘rg‘oshin  kislotali  va  ishqorli  akkumulyator  batareyalari;  elektrolit  zichligini  o‘lchash 

asboblari; areometr; raqamli akkumulyatorlarning sinov asbobi; elektrolit. 

V. Ishini bajarish tartibi 

1. 


Akkumulyatorning turlari va ularning umumiy tuzilishini ohrganish. 

2. 


Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyalari ishlash rejimlarini tahlil qilish. 

3. 


Elektrolit tayyorlash va uning zichligini aniqlashni amaliy ohrganish. 

4. 


Bajarilgan ishlar yuzasidan umumiy xulosa chiqarish va takliflar kiritish. 

1.1-jadval 



t

/r 

Elektrolit zichligi, me’yor 

bo’yicha 

Elektrolit 

zichligi 

Zichlikl

ar farqi 

qishda 

yozda 



 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

VI. Hisobot shakli va mazmuni 

Hisobot quyidagilardan tarkib topgan bo‘lishi kerak: 

1. 

Ish maqsadi. 



2. 

Akkumulyator batareyasining umumiy tuzilishi. 

3. 

Ish rejimlarini tahlili va jarayonlar reaksiyalarini keltiring. 



4. 

Elektrolit tayyorlash tartibi. 

5. 

Akkumulyatorlar  batareyalari  zichligini  aniqlash  va  me‘yor  bilan  solishtirish  (1.1-



jadval tohldirilsin). 

 

VII. Nazorat savollari 

1. 

Akkumulyator batareyalarining vazifasi. 



2. 

Akkumulyator batareyalarining turlari. 

3. 

Akkumulyator batareyalarining ishlash sharoiti va ishlash prinsipi. 



4. 

Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyalari ish rejimlari. 

5. 

Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyalarining umumiy tuzilishi. 



6. 

Elektrolit tayyorlash va uning zichligi. 



 

10 

 

Laboratoriya ishi - №2 



 Mavzu:

 Generatorlar texnik holatini tekshirish. 

 

I.  Ish  xajmi:  Laboratoriya  ishi  2  soat  auditoriya  vaqtiga  va  2  soat  mustaqil  ishga 

mohljallangan. 

 

II. Ishni bajarishdan maqsad: 

1. 


O`zgarmas tok generatorlari vazifasi, tuzilishi va ishlashini ohrganish. 

2. 

O`zgarmas  tok  generatorlariga  TXK  va  nosozliklarni  bartaraf  etish  bo‘yicha  amaliy 

kohnikmalar hosil qilish. 

III. Ishni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar  

O`zgarmas tok generatorining vazifasi, tuzilishi va ishlash uslubi. Mahlumki, mexanik 

energiyani  elektr  energiyasiga  aylantirib  beruvchi  elektr  mashinani  generator  deb  ataymiz. 

Generatorda  elektr  toki  hosil  qilish  elektromagnit  induksiyasiga  asoslanadi.  Avtomobillarda 

qo‘llaniladigan  generatorlar  muvoziy  chulghamli  O`zgarmas  tok  generatoridir.  Avtomobil 

generatori  harakatni  dvigatelning  tirsakli  validan  shkiv  orqali  oladi.  Tirsakli  valning  O‘rta  va 

undan  yuqori  aylanishlarida  generator  ishlab  chiqargan  elektr  energiya  istehmolchi  asbob  va 

qurilmalarini  bemalol  ta‘minlab,  ortiqcha  tokni  bir  vaqtning  ohzida  akkumulyator  batareyasiga 

yuboradi  va  uni  zaryadlaydi.  O`zgarmas  tok  generatori  (4.1-rasm)  harakatlanuvchi  va 

harakatlanmaydigan  qismlardan  iborat.  Harakatlanuvchi  qism  yakor  5  va  uning  valiga  shponka 

yordamida  ohrnatilgan  shkivdan  tashkil  topgan.  Generator  yakorining  valiga  ohrnatilgan  shkiv 

tirsakli  valning  shkivi  bilan  tasma  orqali  tutashganligi  sababli,  dvigatel  ishlaganda  harakat 

generator yakoriga muttasil ravishda uzatiladi. Generator shkivida maxsus parrakchalar qilingan 

bo`lib,  bu  parrakchalar  generator  ishlaganda  uni  havo  oqimi  bilan  solitib  turadi.  Generatorning 

korpusi varaqali (listli) kamuglerodli pohlatdan yoki pohlat trubalardan tayyorlanadi.  

 

 

 



11 

 

 



Yani elektr energiyasiga aylantirib elektr mashinani generator deb ataymiz. Generatorda 

avtomobillarda 4.1-rasm. O`zgarmas tok generatori: 

a-buylama qirqimi, b-detallari

1-shkiv, 2 va 15-qopqoqlar, 3-moydonlar, 4 va 12-sharsimon podshipniklar, 

5-yakor, 6-kollektor, 11 va 13-cho`tka tutgichlar, 14 -himoya lenta (tizma) 



O`zgaruvchan tok generatorining vazifasi, tuzilishi va ishlash uslubi



Avtomobillarda  o`z-o`zidan  uyg`onish  hosil  qiladigan  o`zgaruvchan  tok  generatori 

qo‘llaniladi.  Lekin, o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka to‘g‘rilash, kuchlanishni bir me‘yorda 

ushlab  turish  va  generatorni  zo‘riqib  ishlashdan  saqlash  uchun  o`zgaruvchan  tok  generatori 

tarkibiga  qo`shimcha  asbob  va  uskunalar  kiritiladi.  Bu  qurilma,  ya`ni  generator  qurilmasi  – 

generator,  to‘g‘rilagich  va  rele-rostlagichdan  iborat.  Avtomobillarda  konstruksiyasi  bir-biriga 

o‘xshash G-222, G-250, G-266 va G-271 o`zgaruvchan tok generatorlari keng qo‘llaniladi. 5.1-

rasm,  a  da  "Moskvich"  avtomobillarida  qo‘llaniladigan  G-222,  turadigan  o`zgaruvchan  tok 

generatorining  bohylama  qirqimi  tasvirlangan.  O`zgaruvchan  tok  generatori  ham,  xuddi 

o`zgarmas  tok  generatori  singari  qohzghalmas  va  qohzghaluvchan  qismlardan  tuzilgan, 

qo`zgalmas  qismi  stator,  qopqoqlap  va  cho`tkalardan  iborat  bo`lib,  qohzghaluvchi  qismiga  esa 

rotor, ilashma halqalar va shkiv kiradi. Bu turdagi tok generatori uchta fazoviy  chulg`amga ega 

bo`lgan stator 1 ga ega 

4.1-rasm, a da "Moskvich" avtomobillarida qo‘llaniladigan G-222, turadigan o`zgaruvchan 

tok  generatorining  bohylama  qirqimi  tasvirlangan.  O`zgaruvchan  tok  generatori  ham,  xuddi 

o`zgarmas  tok  generatori  singari  qohzghalmas  va  qohzghaluvchan  qismlardan  tuzilgan, 

qo`zgalmas  qismi  stator,  qopqoqlap  va  cho`tkalardan  iborat  bo`lib,  qohzghaluvchi  qismiga  esa 

rotor, ilashma halqalar va shkiv kiradi. Bu turdagi tok generatori uchta fazoviy  chulg`amga ega 



12 

 

bo`lgan  stator  1  ga  ega.  Har  bir  fazada  oltitadan  chohlgham  bo`lib,  ular  statorning  ichki 



tomonidan  ohrnatilgan  gardishlarga  o`tqazilgan  fazalarni  tashkil  etuvchi  chohlghamlar  ohzaro 

yulduz  shaklida  ulanib,  har  bir  chohlghamning  ikkinchi  uchlari  shkiv  13  ning  qarama-

qarshisidagi qopqokqa ohrnatilgan to‘g‘rilagichga ulangan. Rotor 8 O`zgarmas magnit maydoni 

emas,  balki  harakatlanuvchi  magnit  maydoni  hosil  qilish  uchun  xizmat  qiladi.  U  qutblash 

uchliklaridan  va  uyg`onish  chohlghamidan  tashkil  topgan.  Bular  faqat  kuchli  magnit  maydoni 

paydo  qilibgina  qolmay,  shuningdek,  rostlagich  yordamida  uning  qiymati  generatorning 

aylanishlar  soniga  va  yuklanishiga  qarab  o`z-o`zidan  o`zgarib  turadi.  Generator  ishlab 

chiqarayotgan  o`zgaruvchan  tok  to‘g‘rilagich  bloki  (TB)  yordamida  O`zgarmas  tokka  aylanib, 

kuchlanishi  esa  generator  ichida  joylashgan  integral  kuchlanish  rostlagichi  KR  yordamida 

maqbullashtirilib  turiladi  (5.1-rasm,  b),  bu  esa  ohz  navbatida  oghirligi  kam  va  ixcham 

generatorlarda  katta  quvvat  olishga  imkon  yaratadi.  Engil  avtomobillarda  va  GAZ  hamda  ZIL 

avtomobillarida quvvati 500 Vt ga etadigan o`zgaruvchan tok generatori ishlatiladi. Dizelli oghir 

yuk  avtomobillari  uchun 650 Vt,  O‘rta  va katta turkumli  avtobuslar uchun esa 750  Vt quvvatli 

generatorlar ishlab chiqariladi. O`zgaruvchan tok generatorlari avtombil 200-250 ming km yohl 

yurish uchun mohljallangan bo`lib, bu esa O`zgarmas tok generatorining ishlash muddatidan ikki 

marta ortiqdir.  



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling