291
Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar shu
qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona iqtisodga
aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir.
Bu oqibatda yangi
industrializatsiyani ta'minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z o`rnini
egallaydi.
XULOSA
Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim o`rinni
egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha klassik maktabga muxolif deb
qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar ikkinchi darajali
bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila,
monopoliya, urf-odatlar, huquq,
kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi,
noiqtisodiy omillar
yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy maktabi qoidalari keng
qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q. Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi,
bular ijtimoiy-psixologik (texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-
huquqiy (yuridik, J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz,
U.Mitchell). bu tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-
oqim), omma
fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarish, ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-
oqim), iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning
o`zgarishi, siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash, keyingi taraqqiyot
bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish
qonun-qoidalari hayotda
o`z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas. Masalan,
AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo amalda "Buyuk
depressiya" boshlandi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Institutsionalizm; ijtimoiy-psixologik,
ijtimoiy-huquqiy, konyunktur-
statistik oqimlar; T.Veblen; "Veblen effekti"; R.Kommons; huquq institutlari;
monopoliyaga
qarshi choralar; ma'muriy kapitalizm; U.Mitchell; siklik
rivojlanish; prognoz.
Do'stlaringiz bilan baham: