Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 с mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning funktsiyalari
1-MAVZU. ZAMONAVIY IQTISODIYOTNING ASOSIY TUSHUNCHALARI 1.Zamonaviy iqtisodiyot fanining uslublari. 2.Zamonaviy iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi. 3.Iqtisodiy faoliyat. 4.Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy muammosini halqilish yo‘llari. Tayanch iboralar: Zamonaviy iqtisodiyot, umumiqtisodiy fan, metodologik tamoyillari, iqtisodiy hodisalar, ishbilarmonlik faoliyati, nazariy modellar, pozitiv va normativ usullar, umumiqtisodiy siyosatga. Zamonaviy iqtisodiyot – umumiqtisodiy fan, uning predmeti kishilar iqtisodiy xatti-harakatining shart-sharoiti va qonun qoidalaridir. Mazkur fanning metodologik tamoyillari iqtisodiyotni tizim sifatida o‘rganish, unga noiqtisodiy omillar va tabiiy shart-sharoit, texnologik o‘zgarishlar taʼsirini nazarda tutish, iqtisodiyotni statistikada emas, balki dinamikada o‘rganishdir. Ushbu fanda iqtisodiy hodisalarni kuzatish, abstraktsiyalash orqali nazariy xulosa chiqarish, nazariy modellar yaratish, pozitiv va normativ usullarni qo‘llash, miqdoriy va sifatli tahlilni birlashtirish, oddiy hodisalardan murakkab hodisalarni o‘rganishga o‘tish, iqtisodiyotni uning turli darajalarida o‘rganish kabi usullar qo‘llaniladi. Bu fan o‘z predmetini o‘rganishda shunday qonun va kategoriyalarni qo‘llaydiki, ular umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos bo‘ladi. Fanning funktsiyalari iqtisodiy hodisalarni idrok etish, kishilarga iqtisodiy bilim berish, boshqa iqtisodiy fanlarga nazariy asos bo‘lish, shuningdek, iqtisodiy siyosatga oid amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Iqtisodiyot fani predmetiga oid qarashlar (taʼriflar) quyidagicha: iqtisodiyot – boylik to‘g‘risidagi fan; iqtisodiyot – jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning qonun- qoidalarini o‘rgatuvchi fan; iqtisodiyot – kishilar tomonidan har-xil tovarlarni (bug‘doy, mol go‘shti, palьto va h.k.) ishlab chiqarish maqsadida noyob va cheklangan unumli resurslardan (er, ishl 10 chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar, mehnat, mashinalar) foydalanish to‘g‘risidagi fan; zamonaviy iqtisodiyot – ayirboshlash, pulli bitimlar bilan bog‘liq zamonaviy iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan; zamonaviy iqtisodiyot – ishlab chiqarish insonning isteʼmol borasida o‘z vazifalarini qanday bajarayotganligi to‘g‘risidagi fan; zamonaviy iqtisodiyot – kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, tirikchilik manbai, o‘z mablag‘idan foydalanishi to‘g‘risidagi fan va h.k. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling