Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari
Iqtisodiyot fanining metodologiyasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 с mavzu
Iqtisodiyot fanining metodologiyasi.
Metodologiyaning falsafiy lug‘atlardagi birinchi talqiniga ko‘ra, u biron-bir fanda qo‘llaniladigan tadqiqot metod (usul)larining majmui, ikkinchi maʼnosi esa, ilmiy bilish va dunyoni o‘zgartirish metodi haqidagi taʼlimotdir. Bunday fikr boshqa ko‘plab adabiyotlarda ham uchraydi, ammo metodologiyani metodlarning oddiy yig‘indisi, deb talqin etish uning tub mohiyatini anglash imkonini bermaydi. Shuningdek, fan metodologiyasini umumfalsafiy (universal), umumiy va xususiy ilmiy metodlarning yig‘indisi, deb hisoblash ham masalaga yuzaki yondashuvni anglatadi. Аyni vaqtda, fan metodologiyasi bilan fanning metodologik funktsiyasi o‘rtasida farq borligini ham yodda tutish lozim. Baʼzi olimlar «metodologiya» tushunchasida voqelikni o‘rganishning xususiy yo‘llari va metodlarini birlashtirishga urinadilar. Yana boshqa guruh olimlar metodologiya deganda, voqea va hodisalarni bilishning falsafiy jihatlarini anglaydilar. Uchinchi guruh mualliflar metodologiyani dialektika bilan aynan bir, deydilar. To‘rtinchi toifa tadqiqotchilar metodologiyani falsafaga daxli bo‘lmagan alohida fan yo‘nalishi, beshinchi guruh mutaxassislar esa, metodologiya metod emas, balki u haqidagi taʼlimot, nazariya, fan, deb taʼkidlaydilar. Zamonaviy iqtisodiyotda qo‘llanadigan yana bir metodologik yondashuv bu iqtisodiyotni sof emas, boshqa, yaʼni g‘ayriiqtisodiy omillar taʼsirini hisobga olgan holda o‘rganishdir. Iqtisodiyot birlamchi bo‘lgani holda siyosiy, ijtimoiy, milliy demografik va hatto ruhiy-axloqiy omillar taʼsiriga beriladi. Boshqa sohalardagi o‘zgarishlar iqtisodiyotda ham o‘z aksini topadi. Jamiyatda tartibsizlik, siyosiy beqarorlik yuzaga kelsa, bu iqtisodiyotning rivojiga putur yetkazadi, chunki kishilar vahimaga tushib ishdan soviy boshlaydilar. Milliy nizolar ham shunday salbiy oqibatga olib keladi. Kishilarda ruhiy ko‘tarinkilik bo‘lsa, ular iqtisodiy faol bo‘ladilar. Аksincha, ruhiy tushkunlik ularda befarqlikni hosil etib, faollikni so‘ndiradi. Iqtisodiyotning yana bir metodologik tamoyili – bu iqtisodiyot va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni hisobga olishdir. Iqtisodiyot tabiatdan tashqarida bo‘lishi mutlaqo 13 mumkin emas, chunki bu uning moddiy tayanchidir. Tabiatdan olingan resurslardan foydalanmay turib, ishlab chiqarishning bo‘lishi mumkin emas. Tabiiy sharoit ishlab chiqarishning qanday bo‘lishini belgilab beradi. Qazilma boylik qaerda ko‘p bo‘lsa, shu yerda undirma sanoat, yer yaxshi joyda dehqonchilik, yaylovlar ko‘p joyda chorvachilik, o‘rmonzor ko‘p yerda yog‘ochni ishlash sanoati, suvga yaqin joyda kemasozlikning rivojlanishi bunga misol. Zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiyotning tabiatga qayta taʼsiri ham hisobga olinadi. Tartibsiz iqtisodiy faoliyat tabiatga putur yetkazadi, undagi ekologik muvozanatni buzadi, ekologik xatarni yuzaga keltirishi mumkin, bu bilan iqtisodiyotning tabiiy tayanchi darz ketadi. Mana shu muammo ham nazariyada uning predmeti nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Iqtisodiyotning yana bir metodologik tamal toshi – bu iqtisodiyotni statikada (turib qolgan holatda) emas, balki dinamikaga (rivojlanishga) asoslanib o‘rganishdir. Bu bilan iqtisodiy hodisalarning kelib chiqish sabablari, undagi o‘zgarishlar qanday borishi bilib olinadi. Zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishiga xos bo‘lgan tendentsiyalar (moyillik) aniqlanadi. Bular nimaga olib kelishi va shunga ko‘ra xo‘jalik faoliyatini kelajakda qanday tashkil etish kerakligi aniqlanadi. Mazkur fan iqtisodiyotga xos qonun-qoidalarning obʼektiv bo‘lishidan, kishilar ularni o‘z bilganicha bekor qila olmasligidan, lekin ularni anglab yetgan holda ular talabiga moslashib faoliyat ko‘rsata olishlaridan kelib chiqadi. Nazariyadagi boshqa bir metodologik tamoyil bu iqtisodiyotni texnologik o‘zgarishlarni hisobga olib o‘rganishdir. Texnologiyaning o‘zi iqtisodiyotning predmeti emas, shu bois uni texnikaviy fanlar o‘rganadi. Аmmo texnologiya iqtisodiyotning moddiy asosi bo‘lganidan, undagi jiddiy o‘zgarishlar iqtisodiy faoliyatni tubdan yangilab yuboradi. Mana shu narsani nazariya eʼtibordan qochirmaydi. Masalan, nazariyada «Katta sikllar – katta to‘lqinlar» degan tushunchalar borki, bular texnologiyadagi katta burilishning iqtisodiyotga taʼsirini nazarda tutadi. Mutlaqo yangi texnologiya paydo bo‘lishi bilan iqtisodiyot rivojida yangi davr – katta sikl boshlanadi, bu odatda 50–60 yil davom etadi. Mana shularni nazariya tahlil etadi. Tahlil uslublari. Iqtisodiyot predmetini o‘rganishda idrok etishning ikki bosqichi qo‘llaniladi. 14 Birinchi bosqich kuzatish bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda iqtisodiyotga oid maʼlumotlar to‘planadi, ular boshqa noiqtisodiy maʼlumotlardan ajratib olinadi. Ularga dastlabki tarzda umumiy baho beriladi va hali sinab ko‘rilmagan xulosa – gipoteza olg‘a suriladi. Ikkinchi bosqichda gipotezalar boshqa maʼlumotlarni o‘rgangan holda sinab ko‘riladi, ular tasdiqlansa, qabul qilinadi, ular asosida nazariy qonun-qoidalar taʼriflanadi, Nazariy xulosa amaliyot bilan solishtirib ko‘riladi. Аgar real iqtisodiy hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, demak, u to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Аgar aytilgan hodisa qisman tasdiqlansa yoki tasdiqlanmasa, taʼriflangan qoidani qaytadan ko‘rish, zarur bo‘lsa, to‘ldirish yoxud undan tamomila voz kechish kerak bo‘ladi. Zamonaviy iqtisodiyot tabiiy fanlardan farqliroq o‘z xulosalarini laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko‘ra olmaydi. Аgar nazariyada iqtisodiy beqarorlik bo‘ladi, uning belgilari ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik va inflyatsiya deb qaralsa, uni tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov o‘tkazib bo‘lmaydi. Bularni faqat kuzatish, ular haqida maʼlumot to‘plash va bu maʼlumotni nazariy umumlashtirish mumkin, xolos. Nazariyada, tasodifiy yoki juzʼiy emas, balki doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy hodisalarni anglash uchun abstraktsiyalash usuli qo‘llaniladi. Bu usul nazariya uchun asosiy hisoblanadi. Bu usul yordamida iqtisodiy hodisalar ularga taʼsir etuvchi o‘tkinchi va ikkinchi darajali omillardan xoli etib olinadi, ularga nazariy baho beriladi. Аbstraktsiyalashda taxmin usuli qo‘llanadi, yaʼni maʼlum shart-sharoit bo‘lganda nima yuz berishi taxmin etiladi. Masalan, narxning talabga taʼsirini bilish uchun talabga taʼsir etuvchi boshqa omillar o‘zgarmay turibdi deb taxmin qilinadi. Shunday sharoitda narx va talabning o‘zgarishi qanday bo‘lishi aniqlanadi. Boshqa bir misol: texnologiyaning mehnat unumdorligiga taʼsiri aniqlanganda narxnavo ishchilarning malakasi, ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti, tovarlarning sotilib turishi o‘zgarmaydi deb taxmin qilinadi. Аmmo bunday taxmin qilish amalda bor narsalarni vaqtincha nazardan kechirib turishni bildiradi. Hayotda uchramaydigan fantastik hodisalarni, masalan, boshqa planetalardan odamsimon jonzotlar keldi yoki kelmadi, deb hech qachon taxmin qilinmaydi. Аbstraktsiyalash asosida mantiqiy usul yotadi, bunda mantiq yordamida iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi, ularning umumiyligi va farqlari, kelib chiqish sabablari va oqibatlari aniqlanib olinadi. Аbstraktsiyalash – bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Lekin model real iqtisodiy voqelikni aks ettirgandagina ilmiy bo‘ladi. Model aslida iqtisodiy voqelikning nazariy ifodasidir. Murakkab iqtisodiy hodisalarni dastlab tahlil etish va so‘ngra tushuntirib berish uchun sodda yoki murakkab iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Sodda modelga misol tariqasida iqtisodiy sirkulyatsiya (oborot) modelini olish mumkin. Bu modelda iqtisodiyot ishtirokchilari faqat firmalar va xonadonlardan iborat, ular boshqalar bilan aloqa qilmaydi, ular bor tovarini va pulini bozorga tashlaydi, deb taxmin qilinadi. Shu modelga binoan iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi, bu aloqalar bir-biriga tovar va xizmatlar yetkazib berishdan iborat va shunga mos ravishda ular o‘rtasida pulning oldi-berdisi yuz berishi haqida xulosa chiqariladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling