Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Ijtimoiy zaruriy naflilik


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 с mavzu

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka 
aytiladi.Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining 
o‘z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, 
ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas
ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy 
zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni 


hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa 
tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchungina o‘zining 
yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv 
qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko‘rsatkichi almashuv 
qiymatini yaqqol ko‘rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko‘’lab ne’matlar 
masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma’lum naflilikka ega bo‘ladi. 
Lekin ular har doim ham tovar bo‘lavermaydi. Masalan, bu ne’matlar o‘sha joyning 
o‘zidan olinib, iste’molchi tomonidan iste’mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. 
Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum mehnat 
sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur.Shunga ko‘ra, tovar 
mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z iste’moli uchun emas, balki 
boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan 
mahsulotdir. 
Tovarning 
natural–buyum 
va 
ijtimoiy–iqtisodiy 
tomonlari, 
xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.Tovarning almashuv qiymati – bu biror 
turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy 
nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan 
tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. 
Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi 
tarafdorlari
1
hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu 
sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha 
tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabilar 
umumiy asos bo‘la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. 
Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi 
hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo‘lib, ular 
miqdoriy o‘lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat 
jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo‘lishini taqozo etadi, bunday umumiy 
narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir. Bu o‘rinda so‘z mehnatning 
muayyan, aniq turlari to‘g‘risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq 
qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. 
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson 
mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari 
sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil 
va o‘lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini 
tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun almashuv 
qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo‘lib, 
uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va 
almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib 
ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish 


(ko‘’incha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga 
tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi 
(sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini qo‘lashni istaydi, biroq bozorda boshqacha 
nisbatlar tarkib to‘ishi mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich – almashuv qiymati 
ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».
21
Tovarning o‘zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi 
ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish fikrlardan 
ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab 
chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib, miqdor jihatidan undan kamdir. 
Ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida keyingi boblarda to‘xtalamiz). Tovar 
qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan 
hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish 
sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi 
o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish 
vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, 
malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni 
hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko‘’aytirilgan yoki darajaga ko‘tarilgan 
oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat 
ko‘’ miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.Tovarning ikki xil xususiyatga ega 
bo‘lishiga 
sabab 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchi 
mehnati 
tabiatining 
ikki 
tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning 
uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling