Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1 с mavzu

Itimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi 
naflilikka aytiladi. Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni 
yaratuvchining o‘z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar 
talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday 
naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada 
rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar 
uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni 
ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy 
naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo‘lganligi 
uchungina o‘zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik 
xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx 
ko‘rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko‘rsatadi. Inson mehnati bilan 
yaratilmagan ko‘’lab ne’matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari 
ma’lum naflilikka ega bo‘ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo‘lavermaydi. 
Masalan, bu ne’matlar o‘sha joyning o‘zidan olinib, iste’molchi tomonidan iste’mol 
qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga 
mo‘ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi 
zarur. Shunga ko‘ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z iste’moli 
uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida 
tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy 
tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi. Tovarning almashuv qiymati – 
bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy 
nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan 
tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. 


Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi 
tarafdorlari
hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu 
sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha 
tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabilar 
umumiy asos bo‘la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. 
Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi 
hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo‘lib, ular 
miqdoriy o‘lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat 
jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo‘lishini taqozo etadi, bunday umumiy 
narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir. 
Bu o‘rinda so‘z mehnatning muayyan, aniq turlari to‘g‘risida bormaydi. Bu 
turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining 
xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, 
bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, 
mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson 
mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o‘lchovdoshdir. Tovarda 
mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar 
ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol 
qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo‘lib, uning ichki mazmunini 
tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini 
tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko‘rsatilishida namoyon 
bo‘ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko‘’incha qisqacha qilib 
«ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni 
ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z 
xarajatlarini qo‘lashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib to‘ishi 
mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar 
boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir». Tovarning o‘zi esa ikki tomon - 
naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 
L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda 
iqtisodchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, 
qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l 
qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz.Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt 
deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan 
ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat 
malakasi va jadallashuvi darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab 
chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda 
mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari 
hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko‘’aytirilgan 


yoki darajaga ko‘tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz 
miqdordagi murakkab mehnat ko‘’ miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi. 
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo‘lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi 
mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi 
aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb 
nom olgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling