Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 с mavzu

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Zamonaviy iqtisodiyot umumiqtisodiy fan sifatida predmeti nimadan iborat? 
2.Fanning funktsiyalarini ko‘rsating. 
3. Zamonaviy iqtisodiyot fanining vazifalari nimalardan iborat 
4.Zamonaviy iqtisodiyot fanining uslublariga ta’rif bering 
5.Zamonaviy iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi qanday? 
6.Iqtisodiyot fanining metodologiyasiga ta’rif bering. 
7.Murakkab iqtisodiy hodisalarni dastlab tahlil etish va so‘ngra tushuntirib 
berish uchun qanday iqtisodiy modellar qo‘llaniladi? 
8. Аbstraktsiyalashda qanday usul qo‘llanadi? 
9. Zamonaviy iqtisodiyot fan sifatida qanday funktsiyalarni bajaradi?. 
10.Pozitiv ilmiy, normativ usul, iндуктив usullarga ta’rif bering. 


ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA IJTIMOIY IQTISODIY TIZIMLAR VA 
MULKCHILIK MUNOSABATLARI. 
Reja: 
1.Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning 
rivojlanishi.
2.Tovar va uning xususiyatlari. 
3.Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi 
nazariyalari.
 
Tayanch iboralar: natural ishlab chiqarish, tovar ishlab chiqarish, tovar 
xususiyati, qiymatning mehnat nazariyasi, miqdor nafliligi nazariyalari, tovar ishlab 
chiqarish, iqtisodiy shakllar, tovar xo‘jaligi,airboshlash jarayoni, muqobil qiymat. 
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita 
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan 
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida 
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, 
xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko‘’incha 
ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog‘lanishi 
bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday 
munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o‘zi uchun tayyorlagan ibtidoiy 
jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo‘jaligi va feodal ‘omestyalari asosan 
natural xo‘jalik bo‘lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat 
taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy 
mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda 
biqiq yoki o‘z ehtiyojlarini o‘zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo 
bo‘lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan. 
Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida 
qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan 
xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkonidan muhrum 
bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jalik 
jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo‘lib qolganligining «siri»ni 
ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo‘yadi, 
ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab 
chiqarishga o‘tadi.Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi
mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida ‘aydo bo‘ldi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling