Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Zamonaviy iqtisodiyot fanining vazifalari quyidagicha


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 с mavzu

Zamonaviy iqtisodiyot fanining vazifalari quyidagicha: iqtisodning sir-
asrorlarini o‘rganish, ularni ommaga yetkazib, iqtisodiy bilim saviyasini oshirish; 


boshqa iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qilish. Boshqa fanlar 
zamonaviy iqtisodiy nazariya asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan 
holda o‘z predmetini o‘rganadi. Аyni vaqtda nazariya boshqa fanlar xulosalariga 
asoslanib iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi; amaliy tavsiyalar berish. Bu 
tavsiyalar umumiqtisodiy siyosatga tegishli bo‘ladi. Ular iqtisodiy o‘sishni va uning 
samaradorligini oshirish, aholini to‘la ish bilan taʼminlash va uning farovonligini 
oshirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf etish, iqtisodiy 
integratsiyalash va tashqi aloqalarni kengaytirish kabi umumiy ahamiyatga ega 
tavsiyalardir. 
Zamonaviy iqtisodiyot fanining uslublari: umumiylik va xususiylikning 
birligi; ilmiy abstraktsiya; tarixiylik va mantiqiylikning birligi; nazariyani ijtimoiy 
amaliyot bilan bog‘lash; induktsiya va deduktsiya; analiz va sintez; miqdor va sifat 
tahlilining yaxlitligi.
Zamonaviy iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – jamiyat 
ehtiyojlarining cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyot 
– turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, ishlab chiqarishning muayyan usulini hamda 
infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizim.
Iqtisodiy faoliyat – insonlarning moddiy va maʼnaviy neʼmatlar ishlab 
chiqarish, isteʼmolchiga yetkazib 11 xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan, bir-biriga 
bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlari. Iqtisodiyotning asosiy muammosi – 
bu iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday 
qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir. Zamonaviy 
iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari:-iqtisodiy resurslar miqdorini 
ko‘paytirish;
-resurslar unumdorligini oshirish;
resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini 
tanlash;
-resurslarni samarali uyg‘unlashtirish;
-jamiyat ehtiyojlarini cheklash. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling