Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 с mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymatning mehnat nazariyasi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori
orqali tavsiflanuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligining oshishi amalda ish vaqtining ko‘’ayganligini anglatadi. Shunday qilib, intensivlik ish vaqtining davomiyligi bilan bevosita aloqador bo‘ladi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.Individual yoki o‘rtacha ijtimoiy mehnat intensivligi tushunchalari farqlanadi. Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Mehnatning o‘rtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bo‘lib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bo‘lgan individual miqdorlardan tarkib to‘adi. «O‘rtacha intensivlik» tushunchasi mehnat intensivligining faqat miqdor tomonini tavsiflab, u yoki bu ishlab chiqarish usuli sharoitidagi intensivlikning mohiyati va mazmunini aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotda ijtimoiy zaruriy mehnat intensivligi tushunchasi farqlanib, u har bir muayyan mamlakat uchun bir vaqtning o‘zida ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi ma’lum o‘rtacha miqdorni o‘z ichiga oladi. Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo‘lib Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni ko‘ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan. A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi: Talab = taklif bo‘lgan holda: narx = qiymat. Talab > taklif bo‘lgan holda: narx > qiymat. Talab < taklif bo‘lgan holda: narx < qiymat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo‘lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo‘ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling