Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1 с mavzu

Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Yuqorida qarab 
chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining 
ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayirboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat 
bozorda almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. Qisqacha 
aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya’ni ayirboshlash 
vaqtida namoyon bo‘ladi. Shu erda qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari 
qarashlari bilan qarama-qarshilik ‘aydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? 
Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan 
sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi sababli emas, balki 
mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi, xaridor 
ma’lum naflilikka ega bo‘lgan tovarni qadrlaydi. ul uzoq zamonlardan beri 
odamlarga ma’lum. ‘ulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar 
ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Pulning 
vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konste’stiyalari mavjud bo‘lib, ular 
orasida rastionalistik va evolyustion konste’stiyalar muhim o‘rin tutadi. 
Rastionalistik konste’stiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, 
kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash 
chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin 
bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi 
mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. ‘ulning kelib chiqishiga 
sub’ektiv ‘sixologik yondoshuv ko‘’lab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning 
qarashlarida ham uchrab turadi.Masalan, Samuelson pulni sun’iy ijtimoiy shartlilik 
sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt ‘ulning vazifasini 
qimmatbaho metallar va boshqa ‘redmetlarga biriktirib qo‘yilishi – kishilar 
o‘rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir 
tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har 
ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli 
turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi 
tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, 
ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda ‘ulning 
kurtagi paydo buladi. 


Pul– bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan 
umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.O‘zbekiston hududida tarixan 
bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon 
Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda ‘ul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha 
Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib 
kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat ‘oytaxti - 
Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam 
tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 bo‘lgan
1

Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish 
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi: 
- sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi; 
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; 
- bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi; 
- bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi; 
- tabiatda nisbatan kamyobligi; 
- ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. 
Mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Chunki, 
«zamonaviy iqtisodiy fan uchun ‘ulning mohiyatini uning funkstiyalaridan keltirib 
chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. ‘ul ishlab chiqarish va muomala 
jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 
3) boylik to‘’lash vositasi; 4) to‘lov vositasi.
Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish 
darajasiga bog‘liq.Pulning birinchi vazifasi qiymat o‘lchovi vazifasidir. Tovarning 
almashuv qiymatini ifodalash, uni o‘lchash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish 
shart emas. pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda 
shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va 
taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab 
va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi 
tovarlarning qiymatiga, pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa 
omillarga bog‘liq. 
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. 
Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini 
birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir 
tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi 
tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi 
kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu 
birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda ‘ul bevosita 
kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida 
qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, 


sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta–sekin pul metall quymalari o‘rniga monetalar 
ishlatila boshlagan. Monetalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi 
metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan 
bo‘ladi. ul muomaladan chiqarilganda boylik to‘’lash vazifasini bajara boshlaydi. 
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va 
o‘z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish 
imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma’lum pul rezervi bilan ta’minlashi 
kerak.Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘’lash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish 
shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning 
pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda 
saqlab bo‘lmaydi, ‘ulni istagan miqdorda saqlash mumkin. Tovarlar nasiyaga to‘lov 
muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning 
‘ulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. pulning to‘lov vositasi sifatida 
vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. ‘ul qarz berilganda, renta va 
soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni 
sotish bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish ‘ayla bo‘ladi? Aniq 
vaziyatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish 
stikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir 
marta yig‘ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo‘ladi. 
Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo‘lar edi. 
pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va 
bu bilan xo‘jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog‘oz 
‘ullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib 
chiqdi. Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai–nazariga ko‘ra, pul shu sababli 
qadrliki, ular qiymatga ega bo‘lgan «qog‘oz»dan qilinadi degan noaniq fikrni 
bildirishadi. Agar odamlar tomonidan nimanidir ‘ul deb hisoblashga kelishilsa, ana 
shu «nimadir» pul hisoblanadi, degan noto‘g‘ri fikrlarni ko‘rish mumkin. Demak, 
‘ulning qadri uning qiymatidan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib 
chiqadi degan sub’ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon ‘ulining barqarorligi 
(xarid qilish layoqatining o‘zgarmasligi) umuman oltin zahiralari bilan ham 
bog‘liqdir. Tabiatda oltin cheklangan miqdorda bo‘lgani kabi, Markaziy bank ham 
pul taklifini cheklashi zarur. Agar qog‘oz ‘ullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga 
ega bo‘lishdan to‘xtasa, bunda ularning qadr–qiymati butunlay yo‘qolguncha tushib 
boradi. Shunday ekan qog‘oz ‘ullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur 
bo‘lgan qog‘oz ‘ullar miqdori muammosi bilan uzviy bog‘liq. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling