Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Gumantiar fanlar»


Download 447 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi447 Kb.
#1347185
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tovar va uning xususiyatlari. Tovar-pul munosabatlarini tushunis



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«Gumantiar fanlar» kafedrasi

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Tovar va uning ikki yoqlama xususiyati

Bajardi: II-kurs C-65-20-guruh «Iqtisodiyot» yoʻnalishi talabasi
KARIMOV DILSHODBEK ZOKIROVICH
Tekshirdi:__________________________________
Reyting bali _________________________________


Andijon – 2021
Mavzu: Tovar va uning ikki yoqlama xususiyati
Reja:
KIRISH.
ASOSIY QISM:
1.1. Iqtisodiyot nazariyasi. Tovarda gavdalangan mexnatning ikki yoqlama xarakteri–tovar xususiyatlarining asosi.
1.2. Tovarning nafliligi va qiymatining tovar ayriboshlashuvining ob’ektiv asosi.
1.3. Tovar xususiyatlari va baxo. Tovar va baxo toʻgʻrisidagi xozirgi zamon ta’limotlari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to’g’ri va izchil iqtisodiy siyosat natijasida ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Jumladan, milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va Moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, Jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyot qonun-qoidalarini va rivojlanish prinsiplarini o`rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fandir.
Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir.
Oldingi mavzularda ishlab chiqarishning umumiy, barcha bosqichlariga xos bo’lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o’zgarib turishini ko’rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib kolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko’pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’p jihatdan turlicha bo’ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo’lgan yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi.

Download 447 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling