Mahsulot va xizmatlar sifati
Download 210.39 Kb.
|
Mahsulot va xizmatlar sifati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Servis
- Sifat nima
Mahsulot va xizmatlar sifatiBy Shohjahonmahsulot1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.T.larning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. T.ning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. T.da mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.Avstriya iqtisodiyot maktabi namoyandalari fikricha, ayirboshlash mutanosib tovarlarning isteʼmol uchun qay darajada foydaliligi, yaʼni nafliligi (qarang Naflshshk) bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida T.da gavdalangan mexnat va uning nafliligi T. qiymatini vujudga keltiradi.Servis (inglizcha: service — „xizmat“) —jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholiga xizmat koʻrsatish; ishlab chiqarish texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniy-maishiy, xoʻjalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatish sohalari. Servis texnika vositalari, maishiy-roʻzgʻor apparaturasi, kommunal texnikani sozlash va taʼmirlashga nisbatan ham qoʻllanadi. Servis ning quyidagi turlari mavjud: sotuvga qadar va sotuvdan keyin servis (kafolatli, kafolatdan keyingi). Sotuvga qadar servis mahsulotlarni tashish vaqtida sodir boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish, tovarni ish holatiga keltirish, tovarning ishlashini haridorlarga namoyish etish va boshqalarni kamraydi. Sotuvdan keyingi (kafolatli) servis tovarning normativtexnik hujjatida yoki shartnomada shartlashilgan muddatlarda yuz bergan nuqsonlarini oʻz vaqtida bartaraf etishdan iborat. Bunga haridorni buyumni ishlatish qoidalari bilan dastlabki tanishtirishni kiritish mumkin. Kafolatli servis xizmati harajatlari sotish narxiga kiritilgani uchun bunday xizmatlar tekinga koʻrsatiladi. Kafolat muddati oʻtgandan soʻng servis sozlash va zarur qismlar bilan taʼminlash, buyumdan foydalanish boʻyicha maslahat berish va boshqalar, odatda, shartnoma asosida haq olib amalga oshiriladi[1].Эта фотография, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA-NC Sifat nimamahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti (yana q. Tovar sifati).[1]Download 210.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling