Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Gumantiar fanlar»


Download 447 Kb.
bet4/5
Sana09.04.2023
Hajmi447 Kb.
#1347185
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tovar va uning xususiyatlari. Tovar-pul munosabatlarini tushunis

1.3 Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini to’ldirishi

Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.


Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma`lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog`liq holda tushuntiriladi.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy kontseptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalar muhim o’rin tutadi.
Ratsionalistik kontseptsiya pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog`ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g`risidagi mazkur g`oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub`ektiv psixologik yondoshuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.
Masalan, P.Samuel`son pulni sun`iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt pulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa predmetlarga biriktirib qo’yilishi – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi.
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishigabozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N.ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —N. vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N. oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N. tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi.
N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N. yuzaga keladi; monopol N. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday N., odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N. — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N., N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N. — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N.i — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N.lardir. Xalq-aro N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.
N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.

Xulosa
Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning paydo bo’lishi ijtimoiy mehnat taqsimotining hamda xususiy mulk kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar alohidalashuvining rivojlanishi bilan bog`liq. Tovarning nafliligi va qiymati inson mehnati bilan yaratiladi, faqat birinchisi aniq mehnat mahsuli, ikkinchisi abstrakt mehnat. Qiymat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati singari o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi. Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida ikki xil yondoshuv bor: qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Birinchisi tovar qiymatini unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi desa, ikkinchisi tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo’shilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb ko’rsatadi. Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma tovarlarni ayirboshlash mumkin bo’lgan alohida tovar pul sifatida ajralib chiqadi. Pul o’zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi: tovar pullar (pul o’rnini har xil mahsulotlar bosgan); to’la qiymatga ega pullar (oltin yoki kumush); to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar (qog`oz pullar, oddiy metall tangalar); kredit pullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka).


Download 447 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling