Mavzu: Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazar


Download 487.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana14.12.2022
Hajmi487.53 Kb.
#1003349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo\'shilgan miqdor nafligi nazariyalar



Mavzu: Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi 
nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini to’ldirishi. 
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli 
nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan 
bog’liq holda tushuntiriladi. 
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy kontseptsiyalari mavjud bo’lib, 
ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalar muhim o’rin tutadi. 
Ratsionalistik kontseptsiya pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, 
kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash 
chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin 
bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi 
mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga 
sub’ektiv psixologik yondashuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning 
qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi ob’ektiv 
iqtisodiy kategoriya bo’lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq 
bo’lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir. 
Pul kelib chiqishining evolyutsion kontseptsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mehnat 
taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida 
vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini 
tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida 
tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. 
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). 
Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandek 
ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. 
Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa 
birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni 
qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning 
dastlabki kurtagi paydo bo’ladi. 
Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari 
muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning: oddiy yoki tasodifiy

Download 487.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling