Mavzu: Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazar


-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA ASOSIY BЕLGILARI. BOZOR


Download 487.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana14.12.2022
Hajmi487.53 Kb.
#1003349
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo\'shilgan miqdor nafligi nazariyalar

5-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA ASOSIY BЕLGILARI. BOZOR 
VA UNING TUZILISHI 
Reja: 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 
2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 


3. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari. 
4. Bozor infratuzilmasi va uning elementlari . 
KIRISH 
Oldingi mavzuda tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlari rivoji natijasida 
pulning kelib chiqishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanib sekin-asta bozor 
iqtisodiyotiga olib kelganligini ko’rdik. 
Bu mavzu bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, 
uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin 
ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday 
iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o’rin beriladi. 
Mavzu bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda 
elementlarini yoritib berish bilan yakunlanadi. 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari 
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, 
shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina 
mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning 
barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida 
uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. 
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy 
mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud 
bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti 
ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud 
bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning 
bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini gashkil etadi. 
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab 
chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin 
almashinuvidan iborat. 

Download 487.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling