Mavzu: Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazar


Download 487.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana14.12.2022
Hajmi487.53 Kb.
#1003349
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo\'shilgan miqdor nafligi nazariyalar

Asosiy tayanch tushunchalar: 
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z 
ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi. 
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki 
bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish 
maqsadida ishlab chiqariladi. 
Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan 
mahsulotdir. 
Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondirish 
layoqati. 
Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol 
qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati. 
Aniq mehnat -muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat. 
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qatьiy nazar umuman inson ishchi 
kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi. 
Mehnat unumdorligi - ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan 
aniqlanadi. 


Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi. 
Pul - ham turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini 
bajaruvchi maxsus tovardir. Qog’oz pullar esa shu tovar pulning vakilidir. 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar: 
1. Ijtimoiy xo’jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Tovar ishlab chiqarish va 
bozorning vujudga kelishining umumiy shart -sharoitlarini tushuntiring. 
2. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi 
sifatida haraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi? 
3. Keyingi (so’nggi) qo’shilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va uning 
pasayish sababini tushuntiring. 
4. Tovarlarning qiymatini aniqlashga bo’lgan quyidagi fikrlarga o’zingizni 
munosabatingizni bildiring: 
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi
b) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi
v) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
aniqlanadi. 
5. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini 
tushuntirib bering. 
6. Oltin pul va qog’oz pul o’rtasidagi umumiylik va farqlarni ko’rsatib bering. 
7. Qog’oz va kredit pullarning hadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi? 

Download 487.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling