keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti
ham iqtisodiyotning umumiy
muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: nima va
qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? Qanday texnika va texnologiya bilan
ishlab chiqarish zarur? kim uchun ishlab chiqarish zarur? Agar bu savollarni
umumiy ravishda qo’yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo’lgan
umumiy javobni beradigan bo’lsak, ularni lo’nda qilib: aholi
ehtiyoji uchun zarur
miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni
ishlab chiqarish; mavjud resurslardan
samarali
foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi
iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish, deb javob berish mumkin.
Lekin, bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o’ziga xos tarixiy
xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi.
Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:
a) ko’proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish
layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini
beradigan texnika va
texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.