Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana15.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1202409
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1 с mavzu

Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil 
xususiyati.Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman 
sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o‘zining 
shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. 
Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida 
mavjud bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, ‘atriarxal xo‘jalikda ham odamlar 
kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda 
qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda 
oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat 
mujassamlanadi.Xo‘sh, uning o‘ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, 
tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo‘ladi. 
Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya’ni o‘zi amalga oshib bo‘lganidan keyin 
ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – 
mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bo‘lgan va alohidalashgan tovar 
ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan o‘ziga xos ijtimoiy shakldir. 


Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda 
tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida 
odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. 
Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy 
xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi. Tovarlar 
qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi.
Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan 
mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish 
vaqti bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi qiymatining 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati 
kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi ‘asaysa, tovar birligining qiymati 
oshadi.Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat 
qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan 
va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga 
joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to‘’lanuv darajasi, tabiiy sharoitlardir. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling